Joriy yilning 14 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Norin tumani fuqarolari tomonidan Namangan viloyati Mikrokreditbank amaliyot filialiga qilgan murojaatlari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi.
Unga koʼra, ushbu fuqarolar bilan suhbat oʼtkazilganda kredit olish uchun tayyorlagan kredit hujjatlarini topshirmoqchi boʼlgani maʼlum boʼldi.
2021 yil 1 apreldan, aholining kredit olish uchun arizalar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori asosida oilakredit.uz yagona elektron platforma orqali qabul qilinishi koʼrsatib oʼtilgan.
Murojaatchilarga belgilangan tartibda qonunchilikdagi yangiliklar va platformaning shaffofligi boʼyicha tushuntirish berildi va ularning kredit olish boʼyicha qilgan murojaatlari Markaziy bank Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.