
“Sayohatchi bankir” loyihasi doirasida MKBANK jamoasi tog‘ sayohatiga yo‘l oldi. Bu galgi manzil Tovoqsoy kanyonlari va sharsharalari Toshkentdan 60 km uzoqlikda, Parkent tumanida joylashgan go‘zal va salqin tabiat maskani bo‘ldi. Bu yer bir kunlik yengil piyoda sayohatlar (hiking), toza havo va piknik uchun ideal joy bo‘lib, to‘rtta asosiy sharsharani o‘z ichiga olgan manzarali daradan iborat.
Ofisdan — cho‘qqigacha:
ishda — qat’iyatli bank xodimlari,
tog‘da — erkin sayohatchilar




Bu tashabbus zamirida jamoaviylik, ilhom va yangi marralarga intilish mujassam.
Siz-chi, dam olish kunlaringizni qayerda o‘tkazdingiz?
Bank Axborot xizmati



















