Kredit haqida
Т/r |
Kreditlash shartlari |
|
1 |
Kredit oluvchilar |
Kichik biznes subyektlari, jumladan dehqon va fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yoki yuritish istagida boʻlgan yoshlar |
2 |
Loyihalarni amalga oshirish manzili |
Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari |
3 |
Kredit maqsadi |
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi istalgan agrobiznes yoʻnalishida investitsiya loyihalari va aylanma mablagʻlar uchun (paxta va bugʻdoy yetishtirishdan tashqari) |
4 |
Kredit muddati |
7 yilgacha 2 yillik imtiyozli davr (aylanma mablagʻlar uchun 3 yilgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan), issiqxona xoʻjaliklari va muzlatgich omborxonalar uchun 10 yilgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi |
5 |
Kredit foiz stavkasi (yillik) |
Milliy valyutada qayta moliyalashtirish stavkasi + 5 foiz bank marjasi; Xorijiy valyutada 10 foiz stavkada. |
6 |
Kredit miqdori** |
1) Fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalariga 10 ming AQSh dollaridan 350 ming AQSh dollari va/yoki soʻm ekvivalentigacha; 2) Yoshlar* uchun kreditlar 10 ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollari va/yoki soʻm ekvivalentigacha. |
7 |
Qarz oluvchining oʻz ulushi |
5 – 20 % |
8 |
Kredit valyutasi |
Milliy valyuta va AQSh dollari |
9 |
Kredit ajratilmaydigan yoʻnalishlar |
Bino-inshootlar va yerni ijaraga yoki sotib olish, turar-joylarni modernizatsiya qilish va qurish, mavjud qarzdorliklarni qayta moliyalashtirish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi savdo-vositachi korxonalarga aylanma mablagʻni shakllantirish, ma’muriy xarajatlarni moliyalashtirish, jumladan xizmat mashinalari sotib olish, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va savdosi bilan shugʻullanish, shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sir qiladigan loyihalarni moliyalash. |
10 |
Moliyaviy holat boʻyicha talablar |
- loyihaning rentabellilik darajasi kamida kreditning foiz stavkasi miqdorida boʻlishi; - sof daromad va qarzga xizmat koʻrsatish (KOD) koʻrsatkichlari nisbati kamida 1,3 ni tashkil qilishi; - muxtoriyat koeffitsiyenti (kapital/passiv jami) 15% dan yuqori boʻlishi; - sof foyda koʻrsatkichi ijobiy boʻlishi lozim. |
11 |
Boshqa talablar |
Kreditni rasmiylashtirish bilan bogʻliq qolgan barcha talablar bank kredit siyosati va “Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi. |
12 |
Alohida shartlar |
a) Ta’sischilar tarkibida ulushi 50 foiz va undan yuqori va (yoki) ayollar rahbarligida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun amaldagi kredit foizining stavkasi 1 foiz kamaytiriladi. b) Shuningdek hisobot yilda belgilangan tartibda 5 tadan kam bo‘lmagan yangi ish o‘rni yaratib, ishchilar (ayol) ishga qabul qilinsa, shuningdek korxona xodimlariga kamida 3 dona xalqaro bank kartasi (Visa, Mastercard) rasmiylashtirsa, amaldagi xorijiy valyuta hamda milliy valyuta bo‘yicha kredit foizining stavkasi 1 foizga kamaytiriladi (my.mehnat.uz platformasi ma’lumotnomasi hamda ish haqi bank kartalari, shu boʻlishi lozim). |

Kredit olish uchun bank filialiga yoki veb-saytiga murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar kechayu kunduz qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn ariza shaklini to‘ldiring. Bizning xodim siz bilan bog‘lanib, ro‘yxatdan o‘tish va kredit berish shartlari haqida ma’lumot beradi.
Tariflar va shartlar
Boshqa kreditlar
- Ayirboshlash shoxobchasida
- Bankomatda
- Ilovada
- Chet elga o'tkazma
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12930 | 13030 | 12965.34 |
EUR | 14000 | 15000 | 14525.07 |
GBP | 16800 | 17800 | 17228.34 |
JPY | 80 | 100 | 88.84 |
CHF | 15000 | 16000 | 15479.15 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12700 | 13030 | 12965.34 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12940 | 13020 | 12965.34 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12940 | 13030 | 12965.34 |