Yevropa investitsiya bankining 35,0 million dollar miqdoridagi kredit liniyasi shartlari.
Koʼrsatkichlar |
Koʼrsatkichlar |
Kredit liniya yoʼnalishlari |
- Xodimlari 250 dan oshmagan kichik va oʼrta biznes korxonalari; - Davlat roʼyxatidan oʼtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagi faoliyati uchun: - Asosiy vositalarga investitsiya - Aylanma kapitalga investitsiya |
Kredit liniya maqsadi |
- Kichik va oʼrta biznes korxonalari loyihalarini moliyalashtirish, - EIB kredit liniyasining kamida 30 foizi YeIB mezonlariga koʼra ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga yoʼnaltirilishi (ayollar tadbirkorlik subʼektlari ajratilgan limitdan foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banklar EIB bilan kelishgan holda loyihaning uchinchi yilida boshqa qarz oluvchilarni moliyalashtirish uchun foydalanilmagan mablagʼlarni qayta taqsimlash huquqi beriladi; |
Taʼqiqlangan yoʼnalishlar |
- Koʼchmas mulk oldi-sotdisini moliyalashtirilishi; - neft va gaz mahsulotlarni qidirish, qazib olish, saqlash va tarqatish bilan bogʼliq boʼlgan loyihalar; - tamaki, qurol ishlab chiqarish va tarqatish; - qimor oʼyinlarini tashkil etish. |
Kredit liniyaning maksimal va minimal qiymati |
1 qarz oluvchi uchun eng koʼpi bilan – 25 mln yevro ekvivalentida. 1 ta kredit uchun eng koʼpi bilan – 12,5 million yevro ekvivalentida. |
Moliyalashtirish valyutasi |
АQSh dollari |
Moliyalashtirish muddati |
Kredit liniyasi muddati - 15 yil Mijozlarga uzoq muddatli kredit – TIA ga koʼra, lekin 2 yildan kam boʼlmagan muddatga |
Foiz stavkasi |
Mablagʼlarni YeIBdan yechishda belgilanadi. – foiz stavkasi har bir transh unchun alohida belgilanadi + Moliya vazirligi marjasi (transh uchun belgilangan foiz stavkasining 50 foizi) + ishtirok etuvchi bank marjasi. |
Imtiyozli davr |
5 yil |
Kredit liniyani berish tartibi |
Muvofiqlashtiruvchi asosiy organ - Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga loyihada ishtirok etuvchi banklar tomonidan berilgan takliflarga asosan EIBga soʼrovnoma kiritiladi; Har oyda bir marta kamida 2 million yevro. ekvivalentida. mablagʼlar EIBdan yechilishi mumkin; Kelib tushgan kredit mablagʼlari Muvofiqlashtiruvchi asosiy organ tomonidan tijorat banklariga taqsimlanadi. |
Qarzdorning loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
EIB tomonidan 100% xorijiy kontrakt moliyalashtiriladi |
Geografik cheklovlar |
Geografik cheklovlar mavjud emas;
|
Loyihani amalga oshirish hududi |
Oʼzbekiston Respublikasining hamma mintaqalari |