“Davlat taʼminotidagi oila a’zolariga imtiyozli kredit”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.12.2025 yildagi PF-258-sonli Farmoni asosida
|
Kredit ajratish shartlari |
|
|
Foiz stavkasi |
Yillik 17,5% (Foiz to’lovlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablag’lari hisobidan qoplab boriladi) Ogʻir toifadagi tumanlarda yillik 12% (Foiz to’lovlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablag’lari hisobidan qoplab boriladi) |
|
Kredit muddati |
4 yilgacha muddatga |
|
Kredit miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdori(BHM)ning 75 baravarigacha |
|
Ta’minot shakli |
Ta’minot talab etilmaydi |
|
Kreditni rasmiylashtirish usuli |
Oilakedit.uz patformasi orqali onlayn |
|
Imtiyozli davr |
1 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi |
Kreditlar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga yagona elektron onlayn platforma (oilakredit.uz) orqali to‘liq raqamlashgan holda ajratiladi:
1. Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda (oilakredit.uz) skoring tahlili asosida ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.
2. Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar (mijoz arizasi, hokim yordamchisi tavsiyasi, kredit shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura va hokim yordamchisi hamda mahalla bankiri tomonidan imzolanib tasdiqlangan dalolatnoma) elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.
3. Kreditlar “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oila aʼzosining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi.
Kredit yo‘nalishlari:
- chorva mollari,
- parranda,
- quyon,
- baliq,
- asalari uyasi,
- koʻchma doʻkonlar (food truck),
- motoroller,
- skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish;
- issiqxona qurish.















