"Dibank" xizmati
"Dibank" xizmati -bu bank bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. "Dibank" xizmati - tadbirkorlar “1C” yoki “Didox” dasturi orqali bank bilan toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn ma’lumot almashish imkoniyatiga ega boʻladi:
- Toʻlov hujjatlarini bankka joʻnatish;
- Toʻlov hujjatlari holatini nazorat qilish;
- Hisobvaraqdan aylanmasidan koʻchirmalarni yuklab olish;
- Toʻlovlar boʻyicha hisobot shakllantirish;
- Ish haqi boʻyicha reestrni joʻnatish.
"Marta terminal" xizmati
Bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish uchun barcha imkoniyatlarga ega boʻlgan, toʻlovlarni mobil aloqa vositasi orqali qabul qilish imkoniyatini beruvchi xizmat turi. NFC xizmati mavjud Android tizimida ishlovchi gadjetlar orqali kontaktsiz kartalardan (Humo, Visa, Mastercard) toʻlov qabul qila oladi.
Xorijiy valyutada hisobvaraq ochish va yuritish
“Mikrokreditbank” ATB yuridik shaxs boʼlgan mijozlarga xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga xizmat ko’rsatishning barcha turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
- Xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va ularga xizmat koʼrsatish;
- Valyuta mablag’lari o’tkazmalari;
- Naqd pullik amaliyotlar;
- Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan maslahatlar;
- Xorijiy valyutani konvertatsiya (sotib olish/sotish) qilish;
- SVOP operatsiyalar;
- SPOT operatsiyalar;
- Hujjatli akkreditivlar;
- Bank kafolatlari.
Hisobvaraqni ochish va yuritish
Mijozlarning eksport va import shartnomalariga xizmat koʼrsatish:
- Shartnoma mijoz tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritilgan boʼlishi kerak;
- Tomonlarning imzo va muhri bilan tasdiqlangan shartnoma hamda agar mavjud boʼlsa, qoʼshimcha kelishuvlarning nusxasi.
Xalqaro toʼlovlarni oʼtkazish uchun zarur shartlar:
- Bank hisobvaraqlarida pul mablagʼlarining mavjudligi;
- Toʼlov hujjatining mavjudligi (toʼlov topshiriqnomasi, valyuta mablagʼlarini oʼtkazish uchun ariza);
- Valyuta toʼlovlarini, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʼrtasidagi toʼlovlarni amalga oshirganda Oʼzbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi talablariga muvofiq holda hujjatlar taqdim etiladi;
- Bank tariflariga muvofiq xalqaro pul oʼtkazmasi uchun komission haq toʼlanishini taʼminlash.
Аkkreditiv ochish uchun quyidagilar talab etiladi:
- Аkkreditivning asosiy summasini qoplash uchun yetarli mablagʼlarning yoki kredit limitining oʼz valyuta hisobrvaraqda, hamda belgilangan tariflarga muvofiq komission haqni toʼlash uchun yetarli soʼmdagi qoʼshimcha mablagʼlarning mavjud boʼlishi;
- Bankga akkreditiv ochish uchun toʼldirilgan blankani taqdim etish;
- Bankda import kontraktining mavjudligi.
Xorijiy valyutada hisobvaragʼini ochish uchun yuridik shaxs quyidagilarni taqdim etishi shart:
- Davlat roʼyxatidan oʼtganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma;
- Ustav (notarial tasdiqlangan nusxa);
- Taʼsis shartnomasi (notarial tasdiqlangan nusxa);
- Vakolatli shaxslarning pasporti — asli (direktor va bosh buxgalter);
- Imzolar namunalari varaqchalari (notarial tasdiqlangan);
- Аnketalar.