Mikrokreditbank oʻz mijozlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida tovar va xizmatlar importini moliyalashtirish uchun oʻz mablagʻlari va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan kredit liniyalari orqali hujjatli akkreditivlar boʻyicha savdoni moliyalashtirish vositalaridan foydalangan holda moliyalashtirish xizmatlarini taqdim etadi.
Savdoni moliyalashtirish - bu mijozning import kontraktlari boʻyicha toʻlovni standart kreditlashdan koʻra osonroq sharoitlarda bank mablagʻlari yoki xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobidan kechiktirish imkoniyatidir.
Import kontraktlarini moliyalashtirishda an’anaviy kreditlarga qaraganda ancha arzon va foydali moliyalashtirish turi boʻlgan akkreditivdan foydalanish jalb qilingan resurslarning narxini ham, tijorat risklarini ham kamaytiradi.
Hujjatli akkreditiv – bu bankning yozma majburiyati boʻlib, eksport qiluvchi tomonidan akkreditiv shartlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan holatda, import qiluvchi (sotib oluvchi)ning koʻrsatmasiga asosan eksport qiluvchi (sotuvchi)ga muayyan vaqtda toʻlovni amalga oshirishdir. Akkreditiv orqali toʻlov, sotuvchi tomonidan hujjatlar taqdim etilganda, shuningdek akkreditivda nazarda tutilgan shartlar asosida uzaytirilgan muddatlarda amalga oshirilishi mumkin.
Moliyalashtirishni taqdim qilishning asosiy shartlari:
-
import shartnomasi (kontrakti) boʻyicha toʻlovni kechiktirish koʻrinishida moliyalashtirishni taqdim etadi;
-
moliyalashtirishning eng kam miqdori – 50,000 (ellik ming) AQSh dollaridan kam boʻlmasligi lozim;
-
moliyalashtirishning eng uzoq muddati – import qilinayotgan tovarning turiga qarab, akkreditiv ochilgan sanadan boshlab 3 yilgacha, ishlab chiqarish tsikli yoki qayta sotish uchun foydalaniladigan materiallar va tovarlarni moliyalashtirish shartlari 1 yilgacha, uskunalar uchun - 3 yilgacha;
-
moliyalashtirish muddati va foiz stavkasi muayyan bitim shartlari hamda bank tavakkalchiligiga qarab belgilanadi;
-
akkreditiv birinchi darajali xorijiy bank tomonidan tasdiqlanadi va ijro qilinadi;
-
eksport qiluvchi tovar/xizmatlarni yuklash holati boʻyicha 100% toʻlovni oladi, bu shartnoma (kontrakt) narxini pasaytirish imkonini beradi.
Savdoni moliyalashtirishdan foydalanishning afzalliklari:
-
xalqaro kapital bozorida resurslarnijalb qilish hisobiga moliyalashtirishning an’anaviy kreditlashga nisbatan qulayligi va arzonligi;
-
aylanma mablagʻlarni tejalishi;
-
xavfsiz xalqaro savdoni amalga oshirish (tashqi savdo shartnomalari boʻyicha taraflarning oʻz majburiyatlarini bajarish kafolati ta’minlanishi).