O’zbekiston Yoshlar ittifoqining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankidagi boshlang’ich tashkiloti 2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Boshlang'ich tashkilot “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3138-son qarori va PF-5106-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, 30 yoshgacha bo‘lgan bank xodimlarini o‘z safiga qamrab olgan.
Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari:
-
bankning moliya bozorida mustahkam o‘rin olishi va xizmat ko‘rsatish darajasini jahon andozalari darajasiga olib chiqish yo‘lida yosh xodimlar tomonidan qilinayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash;
-
yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishlariga ko‘maklashish;
-
yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishlariga yordam berish;
-
yosh xodimlarning bank hayotida munosib o‘rin egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish;
-
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
-
yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda kasbiy rivojlanishiga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
-
yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish.
Boshlang‘ich tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar:
-
“Mikrokreditbank” ATB va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan qo‘shma qaror imzolandi;
-
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda kasb – hunar kolleji bitiruvchilari o‘rtasida “Mening biznes g‘oyam” va “ Yosh tadbirkor yurtga madadkor” loyihalari yo‘lga qo’yildi;
-
yoshlar bilan ko‘rgazma, festival, ko‘rik-tanlov, ma'ruzalar, madaniyat, san’at va ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, teatr spektakllari va boshqa tomosha tadbirlariga tashrif buyurildi;
-
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti kabi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi va o‘z yo‘nalishi bo’yicha yuqori natijalarni qayd etgan yoshlar bankka ishga qabul qilindi;
-
yosh iqtidorli xodimlarni rahbarlik lavozimlarga oʻtkazish maqsadida zaxira tarkibi shakllantirildi;
-
yoshlar bilan yurtimizning tarixiy obidalari, yodgorliklari va me`moriy inshootlariga sayohatlar tashkil qilindi;
-
bank boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari boshchiligida yoshlar bilan uchrashuvlar uyushtirildi;
-
yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.
Boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolari:
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi: G‘afforov Ravshanjon Abduqayum o‘g‘li (Personalni o‘qitish va rivojlantirish markazi, Masofaviy o‘quv bo‘limi boshlig‘i. Tel: +99891 504-02-12, E-mail: r.gafforov@mkb.uz)
Boshlang‘ich tashkilotning “Ommaviy tadbirlar va sport-salomatlik masalalari yo‘nalishi” koordinatori: Sobirjonov Nodirbek Shuhratovich (Personalni boshqarish departamenti, Xodimlarni rag‘batlantirishni boshqarish bo‘limi boshlig‘i. Tel: +998 97 464 56 44, E-mail: n.sobirjonov@mkb.uz)
Boshlang‘ich tashkilotning “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi” koordinatori: Igamberdiyeva Komila Rustam qizi (Axborot xizmati Menejeri. Tel: +998 94 406 93 33, E-mail: k.igamberdiyeva@mkb.uz)
Boshlang‘ich tashkilotning Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi koordinatori: Abdug‘aniyev Shahbozbek Maqsadjon o‘g‘li (Chakana biznes departamenti, Sotuvlarni boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi. Tel: +998 94 172 22 55, E-mail: sh.abduganiyev@mkb.uz)