“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 23.09.2024 yildagi PQ-330-sonli qarori hamda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.09.2025 yildagi 612-sonli qarori asosida
|
Kredit ajratish shartlari |
|
|
Foiz stavkasi |
Yillik 17,5% (Foiz to’lovlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablag’lari hisobidan qoplab boriladi) Ogʻir toifadagi tumanlarda yillik 12% (Foiz to’lovlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablag’lari hisobidan qoplab boriladi) |
|
Kredit muddati |
5 yilgacha muddatga |
|
Kredit miqdori |
noutbuk sotib olish uchun 15 mln so’mgacha,
kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 30 mln so’mgacha. |
|
Ta’minot shakli |
Ta’minot talab etilmaydi |
|
Kreditni rasmiylashtirish usuli |
Oilakedit.uz patformasi orqali onlayn |
|
Imtiyozli davr |
noutbuk sotib olish uchun 2 yil imtiyozli davr bilan, kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun boʻlib toʻlash sharti bilan ajratiladi |
Kreditlar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga yagona elektron onlayn platforma (oilakredit.uz) orqali to‘liq raqamlashgan holda ajratiladi:
1. Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda (oilakredit.uz) skoring tahlili asosida ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.
2. Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar (mijoz arizasi, biriktirilgan rahbar xulosasi, kredit shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura va biriktirilgan rahbar tomonidan imzolanib tasdiqlangan dalolatnoma) elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.
3. Kreditlar platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida kredit oluvchi tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Kredit yo‘nalishlari:
- noutbuk sotib olish
- kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish















