Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
...
Yangilash: ...

Faktoring

“Mikrokreditbank” ATB tizimida eksport operatsiyalari uchun milliy valyutasida faktoring xizmatlarini ko‘rsatish xizmati

T/r

Ko‘rsatkich

Qiymati /tavsifi

1

Faktoringdan foydalanuvchi segment

Tashkil etilganiga 12 oydan oshgan, jami faoliyatidan tushum oxirgi 12 oy davomida 1 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan (tashabbusga qarab) tadbirkorlik subyektlari.

2

Asosiy

tushunchalar

Faktoring – xo‘jalik yurituvchi subyektlar (yetkazib beruvchilar)ni moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo‘lib, bunda ular bank (moliya agenti)ga, kechiktirilgan shartlarda tuzilgan shartnomalarga muvofiq, yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovchilar tomonidan akseptlangan to‘lovni olish huquqini beradilar.

An’anaviy faktoring – faktoring xizmatidan foydalanishga tashabbus Yetkazib beruvchi (kreditor) tomonidan bildirilib, faktoring shartnomasi 3 tomonlama tuziladi.

Teskari faktoring – faktoring xizmatidan foydalanishga tashabbus to‘lovchi (debitor) tomonidan bildirilib, faktoring shartnoma to‘lovchi (debitor) bilan tuziladi. Yetkazib beruvchi (kreditor)ning faktoring xizmati orqali to‘lovga roziligi yozma olinadi)

faktoring agenti – bu tijorat banki (moliya agenti) yetkazib beruvchining debitorlik huquqidan voz kechishi evaziga uning majburiyat huquqini sotib olish asosida moliyalashtiruvchi yuridik shaxs.

to‘lovchi (debitor) – yetkazib berilgan tovar/xizmatlardan foydalanuvchi va faktoring shartnomasiga asosan yuzaga kelgan faktoring agenti (bank) oldidagi qarzdorligini so‘ndiruvchi.

yetkazib beruvchi (kreditor) – tovar/xizmatlarni yetkazib beruvchi va debitorlik huquqi (to‘lov muddati kelmagan pul talabnomasi)dan voz kechish evaziga faktoring shartnomasi asosida moliyalashtiriladigan tadbirkorlik subyekti.

debitor qarzdorligi – yetkazib berilgan tovar/xizmatlar uchun to‘lovchi tomonidan tan olingan qarzdorlik (shartnoma shartlariga muvofıq to‘lash muddati o‘tmagan) va to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘i.

diskont – bank tomonidan moliyalashtirilgan summa bilan shartnoma bo‘yicha to‘lov talabnomasi summasi o‘rtasidagi farq.

regress huquqi bilan – qayta talab qilish huquqi bilan, ya’ni faktoring shartnomasi bo‘yicha to‘lovchi (debitor) tomonidan shartnomada belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, bankda ushbu to‘lov summasini yetkazib beruvchi (kreditor)dan talab qilib olish huquqi vujudga keladi.

Bosh kelishuv – 12 oy muddatgacha Bosh kelishuv imzolagan holda 120 kun muddatgacha individual revolver faktoring shartnomalariga asosan xizmat ko‘rsatish

 

Faktoring maqsadi

Yetkazib berilgan tovar/xizmatlar bo‘yicha
debitorlik qarzdorligini sotib olish uchun

3

Faktoring limit miqdori
(Bir mijoz uchun)

Faktoringning miqdori (FM) = (oxirgi 6 oylik o‘rtacha faoliyatidan tushum - keyingi 6 oylik barcha banklardagi o‘rtacha to‘lov)* faktoring oylari soni/2

Bunda, FM manfiy yoki 0 bo‘lsa, xizmat ko‘satilmaydi.

4

Faktoring xizmati maksimal miqdori (Bir mijoz uchun)

10 mlrd so‘m

5

Faktoring muddati

          ·           180 kungacha;

          ·           12 oy muddatgacha tuziladigan Bosh kelishuv doirasida har bir individual revolver faktoring shartnomalariga asosan 120 kungacha.

6

Faktoring operatsiyalari ko‘rsatilmaydigan holatlar

 

·        budjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo‘yicha;

·         jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha;

·         to‘lovga noqobil deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha;

·         zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalar bo‘yicha;

·         kapital qo‘yilmalarni moliyalash bo‘yicha;

·         eksportga oid konsignatsiya kontraktlari bo‘yicha;

·         kompensatsiya va barter bitimlari bo‘yicha;

·         ishga bosqichma-bosqich yoki bo‘nak bilan haq to‘lash bo‘yicha;

·         to‘lovchi shartnomada ko‘rsatilgan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko‘rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha.

7

Faktoring valyutasi

Milliy valyuta (so‘m)

8

Faktoring ajratish

shakli

Ushbu mahsulot bo‘yicha faktoring hisobvarag‘i a’nanaviy faktoringda yetkazib beruvchi (kreditor), teskari faktoringda to‘lovchi (debitor)ga ochiladi va mazkur hisobvaraqdan yetkazib beruvchiga diskont chegirilgan holda faktoring summasi o‘tkazib beriladi.

9

Diskont stavkasi

30 kungacha – 2%;

60 kungacha – 4%;

90 kungacha – 6%;

120 kungacha – 8%;

150 kungacha – 10%;

180 kungacha – 12%.

10

To‘lov jadvali

To‘lovchi (debitor)ning kelgusidagi pul

tushumlari va /yoki oldi- sotti shartnoma shartlaridan kelib chiqib belgilanadi.

11

Muddatida to‘lanmagan qarzdorlik uchun javobgarlik

Agar faktoring to‘lovlari belgilangan muddatda to‘lanmasa, yetkazib beruvchi (kreditor)/ to‘lovchi (debitor) bankka kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,2% miqdorida penya to‘laydi (ammo, jami penya miqdori kechiktirilgan to‘lov summasining 50% dan oshmasligi lozim).

12

Yetkazib beruvchi (kreditor)ga qo‘yiladigan asosiy talablar

(teskari faktoringda bu talablar qo‘llanilmaydi)

 

1.    So‘nggi 12 oy davomida ta’sischilar tarkibi to‘liq o‘zgarmagan bo‘lishi (yaqin qarindoshlar o‘rtasida o‘zgarishlar bundan mustasno);

2.    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;

3.    O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;

4.    Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

5.    2-sonli kartoteka hisobvarag‘I bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

6.    KATM maʼlumotnomasiga asosan, mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador (rahbar va ta’sischilar ta’sisligidagi korxonalar) korxonalarining “Mikrokreditbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

7.    Kredit tarixi bo‘yicha so‘ngi 24 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga keltirmagan bo‘lishi;

8.    Mijozning MIB da qarzdorligi bo‘lmasligi shart.

 

 

 

 

 

 

13

 

 

 

 

 

To‘lovchi (debitor)ga qo‘yiladigan asosiy talablar

1.    So‘nggi 12 oy davomida ta’sischilar tarkibi to‘liq o‘zgarmagan bo‘lishi (yaqin qarindoshlar o‘rtasida o‘zgarishlar bundan mustasno);

2.    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;

3.    O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;

4.    Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

5.    2-sonli kartoteka hisobvarag‘I bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

6.    KATM maʼlumotnomasiga asosan, mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “Mikrokreditbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

7.    Kredit tarixi bo‘yicha so‘ngi 24 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga keltirmagan bo‘lishi;

8.    Mijozning MIB da qarzdorligi bo‘lmasligi;

9.    Yetkazib beruvchi (kreditor) bilan aloqador bo‘lmasligi.

10. Yetkazib beruvchi (kreditor) bilan oxirgi 12 oyda shartnomaviy munosabatga kirishgan, faktoring summasining kamida 10 foiz miqdorida o‘zaro tovar/xizmat aylanmalarini amalga oshirgan bo‘lishi lozim.

14

Taqdim etiladigan hujjatlar

Yetkazib beruvchi (kreditor) tomonidan taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati (teskari faktoringda bu talablar qo‘llanilmaydi)

1.    Ariza;

2.    Yetkazib beruvchi (kreditor) korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan faktoringdan foydalanish yuzasidan roziligi

3.    Tovar/mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar nusxalari;

4.    Hisob-fakturalar;

5.    Yetkazib beruvchi (kreditor) korxonaning Davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);

6.    To‘lovchi (debitor) va Yetkazib beruvchi (kreditor) tomonidan tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma (akt-sverka).

 

To‘lovchi (debitor) tomonidan taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati (An’anaviy faktoringda bu talablar qo‘llanilmaydi)

1.    Ariza;

2.    To‘lovchi (debitor) korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan faktoringdan foydalanish yuzasidan roziligi;

3.    To‘lovchi (debitor) korxonaning Davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);

4.    To‘lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro‘yxati;

5.    Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin. Ushbu hujjatlar onlayn platforma orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.

15

Yetkazib beruvchi (kreditor) va to‘lovchi (debitor)ga qo’yilgan talabni istisno qiluvchi hollar

Yuqoridagi talablablarga javob bermagan hollarda faktoring summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda yoki likvid mol mulk garov ta’minoti bilan faktoring amaliyoti ko‘rsatilishi mumkin.






 



“Mikrokreditbank” ATB tizimida eksport operatsiyalari uchun chet el valyutasida faktoring xizmatlarini ko‘rsatish xizmati

T/r

Ko‘rsatkich

Qiymati /tavsifi

1

Faktoringdan foydalanuvchi segment

Tashkil etilganiga 12 oydan oshgan, jami eksport faoliyatidan tushum oxirgi 12 oy davomida 200 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari.

2

Asosiy

tushunchalar

Faktoring – xo‘jalik yurituvchi subektlar (yetkazib beruvchilar)ni moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo‘lib, bunda ular bank (moliya agenti)ga, kechiktirilgan shartlarda tuzilgan shartnomalarga muvofiq, yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovchilar tomonidan akseptlangan to‘lovni olish huquqini beradilar.

diskont – bank tomonidan moliyalashtirilgan summa bilan shartnoma bo‘yicha to‘lov talabnomasi summasi o‘rtasidagi farq.

regress huquqi bilan – qayta talab qilish huquqi bilan, ya’ni faktoring shartnomasi bo‘yicha to‘lovchi (debitor) tomonidan shartnomada belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, bankda ushbu to‘lov summasini yetkazib beruvchi (kreditor)dan talab qilib olish huquqi vujudga keladi.

Bosh kelishuv – 12 oy muddatgacha Bosh kelishuv imzolagan holda 120 kun muddatgacha individual revolver faktoring shartnomalariga asosan xizmat ko‘rsatish

3

Faktoring maqsadi

Yetkazib berilgan tovar/xizmatlar bo‘yicha
debitorlik qarzdorligini sotib olish uchun

4

Faktoring limit miqdori
(Bir mijoz uchun)

Faktoringning miqdori (FM) = (oxirgi 6 oylik o‘rtacha faoliyatidan tushum - keyingi 6 oylik barcha banklardagi o‘rtacha to‘lov)* faktoring oylari soni/2

Bunda, FM manfiy yoki 0 bo‘lsa, xizmat ko‘satilmaydi.  

5

Faktoring xizmati maksimal miqdori (Bir mijoz uchun)

Tovarlarni yetkazib berish summasining 85 foizigacha moliyalashtirish

6

Faktoring muddati

          ·           180 kungacha;

          ·           12 oy muddatgacha tuziladigan Bosh kelishuv doirasida har bir individual revolver faktoring shartnomalariga asosan 120 kungacha.

7

Faktoring operatsiyalari ko‘rsatilmaydigan holatlar

·        budjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo‘yicha;

·         jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha;

·         to‘lovga noqobil deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha;

·         zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalar bo‘yicha;

·         kapital qo‘yilmalarni moliyalash bo‘yicha;

·         eksportga oid konsignatsiya, sotish, olib chiqish hamda qayta ishlash kontraktlari bo‘yicha;

·         kompensatsiya va barter bitimlari bo‘yicha;

·         ishga bosqichma-bosqich yoki bo‘nak bilan haq to‘lash bo‘yicha;

·         to‘lovchi shartnomada ko‘rsatilgan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko‘rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha;

8

Faktoring valyutasi

AQSh dollari, Yevro

9

Faktoring ajratish

shakli

Ushbu mahsulot bo‘yicha yetkazib beruvchi (kreditor)ga diskont chegirilgan holda faktoring summasi o‘tkazib beriladi.

10

Diskont stavkasi

30 kungacha – 1,3%;

60 kungacha – 2.6%;

90 kungacha – 3,9%;

120 kungacha – 5,2%;

150 kungacha – 6,5%;

180 kungacha – 7,8%.

11

To‘lov jadvali

Eksport shartnoma to‘lov shartlaridan kelib chiqib belgilanadi.

12

Regress huquqi

Faktoring xizmati regress huquqi bilan ko‘rsatiladi.

13

Muddatida to‘lanmagan qarzdorlik uchun javobgarlik

Agar faktoring to‘lovlari belgilangan muddatda to‘lanmasa, yetkazib beruvchi (kreditor)/ to‘lovchi (debitor) bankka kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,2% miqdorida penya to‘laydi (ammo, jami penya miqdori kechiktirilgan to‘lov summasining 50% dan oshmasligi lozim).

14

Yetkazib beruvchi (kreditor)ga qo‘yiladigan asosiy  talablar

1.    So‘nggi 12 oy davomida ta’sischilar tarkibi to‘liq o‘zgarmagan bo‘lishi (yaqin qarindoshlar o‘rtasida o‘zgarishlar bundan mustasno);

2.    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;

3.    O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;

4.    Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

5.    2-sonli kartoteka hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

6.    KATM ma’lumotnomasiga asosan, mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador (rahbar va ta’sischilar ta’sisligidagi korxonalar) korxonalarining bank tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

7.    Kredit tarixi bo‘yicha so‘ngi 36 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga keltirmagan bo‘lishi;

8.    Mijozning MIB da qarzdorligi bo‘lmasligi shart;

9.    Shartnoma tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida ro‘yhatga olinganligi;

10. Tashqi savdo shartnomalari doirasida muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

11. Eksport shartnomasi yirik xaridorlar yoki sotuvchilar (yirik sotuv tarmog‘iga ega) bilan tuzilgan bo‘lishi lozim. (masalan, Auchan, X5 Group, Metro, Magnit, Lenta, Dobronom, Magnum, FixPrice va boshqalar);

12.  Yirik sotuv tarmog‘iga ega xorijiy hamkorlarning to‘lov bo‘yicha kafolat xati.

15

Taqdim etiladigan hujjatlar

Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati   

1.    Ariza;

2.    Yetkazib beruvchi (kreditor) korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan faktoringdan foydalanish yuzasidan roziligi;

3.    Tovar/mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalar nusxalari;

4.    Mahsulotlar haqiqatda jo‘natilganligini tasdiqlovchi tovar-transport yuk xatlarini yoki ularni o‘rnini bosuvchi hujjatlar;

5.    Yetkazib beruvchi (kreditor) korxonaning Davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);

6.    To‘lovchi (debitor) va Yetkazib beruvchi (kreditor) tomonidan tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma (akt-sverka).

16

Faktoring ma’qullanishi

Ushbu mahsulot bo‘yicha faktoring amaliyoti “Mikrokreditbank” ATB  ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq kollegial organlarga berilgan vakolat va limitlar doirasida ma’qullanadi.



        

“Mikrokreditbank” ATB tizimida import operatsiyalari uchun chet el valyutasida teskari faktoring xizmatlarini ko‘rsatish moduli

T/r

Ko‘rsatkich

Qiymati /tavsifi

1

Faktoringdan foydalanuvchi segment

Tashkil etilganiga 12 oydan oshgan, jami faoliyatidan import to
‘lovlari oxirgi 12 oy davomida 200 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari.

2

Asosiy

tushunchalar

Faktoring – xo‘jalik yurituvchi subektlar (yetkazib beruvchilar)ni moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo‘lib, bunda ular bank (moliya agenti)ga, kechiktirilgan shartlarda tuzilgan shartnomalarga muvofiq, yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovchilar tomonidan akseptlangan to‘lovni olish huquqini beradilar.

Diskont – bank tomonidan moliyalashtirilgan summa bilan shartnoma bo‘yicha to‘lov talabnomasi summasi o‘rtasidagi farq.

Teskari faktoring – faktoring xizmatidan foydalanishga tashabbus to‘lovchi (debitor) tomonidan bildirilib, faktoring  shartnoma to‘lovchi (debitor) bilan tuziladi.

Bosh kelishuv – 12 oy muddatgacha Bosh kelishuv imzolagan holda 120 kun muddatgacha individual revolver faktoring shartnomalariga asosan xizmat ko‘rsatish

3

Faktoring maqsadi

Yetkazib berilgan tovar/xizmatlar bo‘yicha
debitorlik qarzdorligini sotib olish uchun

4

Faktoring limit miqdori
(Bir mijoz uchun)

Faktoringning miqdori (FM) = (oxirgi 6 oylik o‘rtacha faoliyatidan tushum - keyingi 6 oylik barcha banklardagi o‘rtacha to‘lov)* faktoring oylari soni/2

Bunda, FM manfiy yoki 0 bo‘lsa, xizmat ko‘satilmaydi.  

5

Faktoring xizmati maksimal miqdori (Bir mijoz uchun)

Tovarlarni yetkazib berish summasining 85 foizigacha moliyalashtirish

6

Faktoring muddati

          ·           180 kungacha;

          ·           12 oy muddatgacha tuziladigan Bosh kelishuv doirasida har bir individual revolver faktoring shartnomalariga asosan 120 kungacha.

7

Faktoring operatsiyalari ko‘rsatilmaydigan holatlar

·        budjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo‘yicha;

·         jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha;

·         to‘lovga noqobil deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha;

·         zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalar bo‘yicha;

·         kapital qo‘yilmalarni moliyalash bo‘yicha;

·         kompensatsiya va barter bitimlari bo‘yicha;

·         ishga bosqichma-bosqich yoki bo‘nak bilan haq to‘lash bo‘yicha;

·         to‘lovchi shartnomada ko‘rsatilgan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko‘rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha.ssss

8

Faktoring valyutasi

AQSh dollari, Yevro

9

Faktoring ajratish

shakli

Ushbu mahsulot bo‘yicha yetkazib beruvchi (kreditor)ga diskont chegirilgan holda faktoring summasi o‘tkazib beriladi.

10

Diskont stavkasi

30 kungacha – 1,3%;

60 kungacha – 2.6%;

90 kungacha – 3,9%;

120 kungacha – 5,2%;

150 kungacha – 6,5%;

180 kungacha – 7,8%.

11

To‘lov jadvali

Import shartnoma to‘lov shartlaridan kelib chiqib belgilanadi.

12

Regress huquqi

Import faktoring xizmati regress huquqisiz ko‘rsatiladi.

13

Muddatida to‘lanmagan qarzdorlik uchun javobgarlik

Agar faktoring to‘lovlari belgilangan muddatda to‘lanmasa, to‘lovchi (debitor) bankka kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,2% miqdorida penya to‘laydi (ammo, jami penya miqdori kechiktirilgan to‘lov summasining 50% dan oshmasligi lozim).

14

To‘lovchi (debitor) ga qo‘yiladigan asosiy  talablar

1.    So‘nggi 12 oy davomida ta’sischilar tarkibi to‘liq o‘zgarmagan bo‘lishi (yaqin qarindoshlar o‘rtasida o‘zgarishlar bundan mustasno);

2.    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;

3.    O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;

4.    Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

5.    2-sonli kartoteka hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

6.    KATM ma’lumotnomasiga asosan, mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador (rahbar va ta’sischilar ta’sisligidagi korxonalar) korxonalarining bank tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

7.    Kredit tarixi bo‘yicha so‘ngi 36 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga keltirmagan bo‘lishi;

8.    Mijozning MIB da qarzdorligi bo‘lmasligi;

9.    Shartnoma tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida ro‘yhatga olinganligi;

10. Tashqi savdo shartnomalari doirasida muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

15

Taqdim etiladigan hujjatlar

To‘lovchi (debitor) tomonidan taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati   

1.    Ariza;

2.    To‘lovchi (debitor) korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan faktoringdan foydalanish yuzasidan roziligi;

3.    Tovar/mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalar nusxalari;

4.    Mahsulotlar haqiqatda qabul qilinganligini tasdiqlovchi tovar-transport yuk xatlari (IM-40) yoki ularni o‘rnini bosuvchi hujjatlar;

5.    To‘lovchi (debitor) korxonaning Davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);

16

Faktoring ma’qullanishi

Ushbu mahsulot bo‘yicha faktoring amaliyoti “Mikrokreditbank” ATB  ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq kollegial organlarga berilgan vakolat va limitlar doirasida ma’qullanadi.


 


Valyutalar kurslari
  • Ayirboshlash shoxobchasida
  • Bankomatda
  • Ilovada
  • Chet elga o'tkazma
ValyutaSotib olishSotishMB kursi
USD129301303012965.34
EUR140001500014525.07
GBP168001780017228.34
JPY8010088.84
CHF150001600015479.15
16.05.2025 09:00:00 dan ma’lumotlar
ValyutaSotib olishSotishMB kursi
USD127001303012965.34
16.05.2025 09:00:00 dan ma’lumotlar
ValyutaSotib olishSotishMB kursi
USD129401302012965.34
16.05.2025 09:00:00 dan ma’lumotlar
ValyutaSotib olishSotishMB kursi
USD129401303012965.34
16.05.2025 09:00:00 dan ma’lumotlar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Call-markaz
Ish tartibi: DU-JU 08:00-20:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X