"Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 07.06.2018 yildagi PQ-3777-sonli,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.12.2021 yildagi PQ-55-sonli,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.01.2023 yildagi PQ-39-sonli,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.04.2024 yildagi PQ-149-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.02.2026 yildagi PQ-49-sonli qarorlari asosida 

Kredit ajratish shartlari

Foiz stavkasi

Yillik 17,5%

Ogʻir toifadagi tumanlarda yillik 12%

Kredit muddati

Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 3 yildan 7 yilgacha

Kredit miqdori

O’zini o’zi band qilgan Jjismoniy shaxslar uchun 50,0 mln.so‘mgacha

10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha

Chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln so‘mgacha

Turizm salohiyati yuqori boʻlgan mahallalarda uy mehmonxonalarini tashkil qilish hamda ixtisoslashuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar sotib olishga 150 mln soʻmgacha

Yuridik shaxslar uchun 300,0 mln.so‘mgacha

563 ta chegara va anklav hududlardagi mahallalarda turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga har 200 mln so‘mga kamida 1 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan 1 mlrd so‘mgacha

Kreditning ajratishning eng yuqori miqdori

Tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga samaradorligi yuqori, barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarga
300 million so‘mdan ortiq miqdorda – Dasturlar doirasidagi resurslar hisobidan  hokim yordamchisi tomonidan berilgan tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari qaror qabul qiladi

Ta’minot shakli

Jismoniy shaxslar uchun ta’minot talab etilmaydi

Yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ta’minot turlari

Kreditni rasmiylashtirish usuli

Oilakedit.uz patformasi orqali onlayn

Imtiyozli davr

Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 6 oydan 3 yilgacha

   

Kreditlar yagona elektron onlayn platforma (oilakredit.uz) orqali to‘liq raqamlashgan holda ajratiladi:

1.       Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda (oilakredit.uz) skoring tahlili asosida ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.

2.       Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar (mijoz arizasi, hokim yordamchisi tavsiyasi, kredit shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura va hokim yordamchisi hamda mahalla bankiri tomonidan imzolanib tasdiqlangan dalolatnoma) elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.

3.       Kreditlar platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida kredit oluvchi tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Kredit yo‘nalishlari: 

  • Tikuvchilik
  • Issiqxona
  • Bog‘dorchilik
  • Asalarichilik
  • Parrandachilik
  • Quyonchilik
  • Baliqchilik
  • Chorvachilik
  • Boshqa sohalar