"Hunarmandchilikni rivojlantirish" dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.12.2021 yildagi PQ-77-sonli qarori asosida
Kredit ajratish shartlari |
|
Foiz stavkasi |
17,5% |
Kredit muddati |
Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 18 oydan 36 oygacha |
Kredit miqdori |
300,0 mln.so‘mgacha |
Ta’minot shakli |
Qonun hujjatlarida belgilangan ta’minot turlari |
Kreditni rasmiylashtirish usuli |
Oilakedit.uz patformasi orqali onlayn |
Imtiyozli davr |
Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 3 oydan 6 oygacha |
Kreditlar yagona elektron onlayn platforma (oilakredit.uz) orqali to‘liq raqamlashgan holda ajratiladi:
1. Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda (oilakredit.uz) skoring tahlili asosida ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.
2. Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar (ariza, hokim yordamchisi tavsiyasi, kredit shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi va x.k.) elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.
3. Kreditlar platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida kredit oluvchi tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Kredit yo‘nalishlari:
-
«Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilishga
-
Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olishga
- Aylanma mablag‘larini to‘ldirishga