"Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan ajratiladigan kreditlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.12.2021 yildagi PQ-54-sonli hamda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.02.2025 yildagi PF-22-son farmoni asosida

Kredit ajratish shartlari

Foiz stavkasi

18%

Kredit muddati

Jismoniy shaxslar uchun Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 3 yildan 7 yilgacha

Yuridik shaxslar uchun 3 yilgacha

Kredit miqdori

50,0 mln.so‘mgacha

10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha

Chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln so‘mgacha

Ta’minot shakli

Ta’minot talab etilmaydi

Kreditni rasmiylashtirish usuli

Oilakedit.uz patformasi orqali onlayn

Imtiyozli davr

Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 6 oydan 2 yilgacha

Kreditlar yagona elektron onlayn platforma (oilakredit.uz) orqali to‘liq raqamlashgan holda ajratiladi:

1.       Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda (oilakredit.uz) skoring tahlili asosida ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.

2.       Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar (mijoz arizasi, hokim yordamchisi tavsiyasi, kredit shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura va hokim yordamchisi hamda mahalla bankiri tomonidan imzolanib tasdiqlangan dalolatnoma) elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.

3.       Kreditlar platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida kredit oluvchi tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Kredit yo‘nalishlari: Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun