Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlari DIQQATIGA

...
Yangilash: ...
Image
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlari DIQQATIGA

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 7-noyabr kuni, soat 10:00 dan boshlab, bevosita Toshkent shahri, Amir Temur shox koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida va “E-Vote” elektron ovoz berish platformasida (https://evote.uz) masofadan turib ishtirok etish orqali oʻtkazilishini ma’lum qiladi.

Yigʻilish kun tartibi:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi Paresishvili Giorgi Otarovichning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.

“Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining 2025-yil 10-oktabrdagi majlisi qaroriga asosan, Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri 2025-yil 3-noyabr kuni holatiga hamda Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 10-oktabr kuni holatiga tuziladi.

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 2025-yil 7-noyabr kuni soat 09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilikda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish “E-Vote” elektron ovoz berish platformasida (https://evote.uz) “Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yigʻilishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 3613, 2025-yil 24-mart) va “Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan E-Vote elektron ovoz berish xizmatidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish Qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi. Jumladan:

ishtirokchi yigʻilish boshlangunga qadar platformadagi avtorizatsiya va identifikatsiyadan oʻtishni taʼminlovchi elektron kanallar orqali roʻyxatdan oʻtishi, shu jumladan, platformaga kirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalashning yagona tizimida o‘ziga oid ma’lumotlarni taqdim etgan holda identifikatsiyadan oʻtishi kerak;

masofadan turib yig‘ilishda ishtirok etish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berishda elektron raqamli imzodan foydalaniladi;

aksiyadorning vakili yuqorida keltirilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etadi;

platformadan foydalanishni ta’minlovchi texnik xodim: Kuzatuv kengashi kotibiyati bosh kotibi Turdibekov Zafar Shokul o‘g‘li, telefon: 998 (71) 207-46-51 (ichki raqam: 1218).

Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot va unda koʻriladigan masalalarning materiallari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda Bankning rasmiy veb-sayti (https://mkbank.uz) va “E-Vote” elektron ovoz berish platformasi (https://evote.uz) orqali tanishish mumkin.

Telefon: 998 (71) 207-46-51 (ichki raqam: 1217, 1218, 1304)

Bank Kuzatuv kengashi 

Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X