
Bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan, Chirchiq, Olmaliq va Sardoba BXMlar faoliyati tugatildi.
Endilikda Chirchiq BXM mijozlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Maʼrifat” MFY, Bo‘stonliq koʻchasi 5-uy manzilda joylashgan Gʻazalkent BXOga,
Olmaliq BXM mijozlari Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Nurabod” MFY, 141-uy manzilda joylashgan Ohangaron BXOga.
Sardoba BXM mijozlari Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, “Navbahor” MFY, Saxovat shox koʻchasi, 8/1-uyda joylashgan Guliston BXOga murojaat qilishlari mumkin.
MKBANK mijozlar va aholiga qulay manzilda barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatishga doimo tayyor!















