
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorning 1-bandiga ko‘ra joriy yilning noyabr oyida Xorazm viloyati mintaqaviy filiali yagona kodi (MFO) ga o‘tkazildi va uning negizida quyidagi bank xizmatlari markazlari (BXM) tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.
Xorazm viloyati mintaqaviy filiali;
Bog‘ot filiali;
Qorovul filiali;
Xiva filiali;
Shuningdek, tugatilgan filiallar o‘rnida tashkil etilgan bank xizmatlari markazlari doimgi manzilda odatdagi tartibda xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.
Markazlardagi malakali bank xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Markazlar 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomatlar bilan jihozlangan.
Bunday BXMlar banklarda tezkorlik hamda sifatlilik prinsiplariga mos keladi va MKBANKda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirishni maqsad qilgan.















