Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Ma'naviyat

...
Yangilash: ...
Image
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Bugun “Mikrokreditbank” ATB bosh ofisida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuniga bagʻishlab “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi. 

2 (91).png

Tadbirda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shahlo Ibragimova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Botirali Shodiyev, xalqaro “CERT-International” kompaniyasi direktori Marat Xabibulin ishtirok etib, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, jamiyatimizda ushbu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi fikr va mulohazalarini bildirishdi. 

Shuningdek, mazkur tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ham qatnashib, bankda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi. 

Shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil reyting natijalaridan kelib chiqib, bankimiz qizil hududdan yashil hududga о‘tib, yakunda 84-ballga loyiq kо‘rildi. 

3 (90).png

Ma’lumki, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-sonli Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 14-iyundagi PF-154-sonli Farmoni talabidan kelib chiqib, bankda ochiqlikni ta’minlashga mas’ul xodimlar ro‘yxati shakllantirilgan hamda talab e’tilgan ma’lumotlar o‘z vaqtida joylab borilmoqda.

Natijada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil uchun e’lon qilgan ochiqlik reytingida Mikrokreditbank faoliyati tahlil qilingan 103 ta tashkilot ichida 22-o‘rinda 100 ballik baholash reytingi natijalariga ko‘ra 75.2 ball bilan “yashil” toifada e’tirof etildi.  

5 (62).png  

Joriy yilning iyul oyida departament tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini joriy etish maqsadida ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimi - talablar va qo'llash bo‘yicha ko'rsatmalar” xalqaro sertifikatini olish ishlari “CERT-ACADEMY” MChJning 2 bosqichli auditi yakunlanib, bankimiz ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega boʻldi.

Xodimlarning huquqiy ongini oshirish hamda bilim darajasini xalqaro tajribaga moslashtirish maqsadida iyul oyida 16 nafar bank xodimi xalqaro ISO 37301:2021 menejment tizimi boʻyicha malaka oshirdi va sertifikatga ega boʻldi.

Shuningdek, xodimlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha bankning onlayn MKB TRAINING ACADEMY o‘quv platformasida “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risida o‘quv kursi joylashtirildi. Ushbu kursda bank xodimlariga manfaatlar to‘qnashuvi qanday yuzaga kelishi videorolik shaklida tushuntirildi, shu bilan birgalikda mazkur Qonun bilan tanishib chiqish imkoniyati yaratildi hamda viktorina shaklida kiritilgan ma‘lumotlar bilan tanishib chiqqandan so‘ng xodimlar olgan bilim va ko‘nikmalarini test sinovini topshirish orqali sinab ko‘rishdi.

6 (47).png

Maxsus qо‘llanma asosida ishga yangi qabul qilingan 293 nafar xodimga korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari bо‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Aloqa kanallari orqali departamentga fuqarolardan jami 138 ta murojaat kelib tushgan (shundan: elektron pochta orqali - 3 ta, rasmiy veb-sayt orqali - 6 ta, telegram bot orqali - 10 ta, ishonch telefoni orqali - 119 ta) bo‘lib, amaldagi tartib bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. 

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda bank xodimlari va jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda tadbir so‘ngida do‘stona suhbatlashishdi.

Bank Axborot xizmati

Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X