Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbank” tizimida parrandachilik bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi

...
Yangilash: ...
Image
“Mikrokreditbank” tizimida parrandachilik bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi

Yaqinda “Mikrokreditbank“ АTB tizimida Davlat dasturlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Unda hududiy filiallarning davlat dasturlari bilan ishlash bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda aholi bandligini taʼminlash, fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirila boshlandi. Eng asosiysi kasanachilik, kichik biznes ko‘lami yanada ortdi. Davlatimiz rahbarining 2021-yilning 14-iyundagi PQ-5146-sonli qaroriga ko‘ra, parrandachilik loyihalarini amalga oshirishga Mikrokreditbank masʼul etib belgilangan. Unga ko‘ra, tarmoqni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan 85 mln АQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Mazkur mablag‘lar yurtimizdagi mavjud parrandachilik korxonalarining aylanma mablag‘ini shakllantirish maqsadida 24 oy muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning qayta moliyalash stafkasida yaʼni 14 foizda ajratiladi.

Seminar-trening davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan loyihalar bilan ishlash, bank krediti hisobidan ishga tushirilgan loyihalar monitoringgini amalga oshirish va past quvvatda faoliyat yuritayotgan loyihalar bilan ishlash, shuningdek, bank tomonidan jalb qilinayotgan xorijiy kredit liniyalari orqali kredit ajratish tartibi muhokama qilindi. Bundan tashqari, Respublikada quyonchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni tanlash hamda istiqbolini tahlil qilish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Mazkur tadbir doirasida barcha mutasaddi xodimlar oldilarida turgan vazifalar yuzasidan aniq yo‘nalishni belgilab oldilar, kelgusidagi rejalarni birgalikda muhokama qildilar hamda topshiriqlar yuzasidan barcha savollariga javob oldilar.

Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

10 Mart 2026

Diqqat! MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

11-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi
10 Mart 2026

Korrupsiyasiz bank: MKBANKda navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

Seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, bu illatga birgalikda kurashish lozimligini bildirishdi.

7 Mart 2026

MKBANK xodimi “MO‘TABAR AYOL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!

Bu yuksak eʼtirof — nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki butun jamoamiz mehnatiga berilgan eʼtibor namunasidir.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X