Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Kerakli mablagʼ ajratilgan, ammo...

...
Yangilash: ...
Image

Yaqindan Samarqand viloyati Kattaqoʼrgʼon shahrida joylashgan “SHIRINTOY” MTM NTM ning rahbari Toʼxtatosh Xoliqovaning ijtimoiy tarmoqlarda oʼz mablagʼi evaziga maktabgacha taʼlim muassasasini qurgani, biroq qurilishda kamchiliklar borligi, “Mirokreditbank”ning Kattaqoʼrgʼon tuman filiali fuqaroga kredit mablagʼi ajratmayotgani sababli mutasaddi tashkilotlar litsenziya berishdan bosh tortayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bank mutaxassislari tomonidan oʼrganib chiqildi.

Аniqlandiki, haqiqatan ham, Toʼxtatosh Xoliqova bankning Kattaqoʼrgʼon filiali mijozi boʼlib, unga MTM binosini qurish va jihozlash uchun 3 yil imtiyozli davr asosida 180 oy muddatga yillik 1 % ustama toʼlash sharti bilan 2019 yilda 600,0 mln soʼm, 2020 yilda 1,0 mlrd. soʼm va 247,0 mln soʼm, jami 1 847,0 mln soʼm uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Ushbu mijozning kredit mablagʼlarini ishlatilishi oʼrganilganda, kreditning 1 717,0 mln soʼmi UK "AKVAGREEN"ga “Shartnoma va smetaga asosan MTM binosini qurilish ishlari uchun” deb, qolgan 130,0 mln soʼmi “Ishtixon Grand Textil” OKga “Shartnomaga asosan MTMga qurilish materiallari olish uchun” deb oʼtkazib berilgan.

Bundan koʼrinib turibdiki, maktabgacha taʼlim muassasasi Toʼxtatosh Xoliqova aytganidek, oʼz mablagʼi evaziga emas, balki bank krediti evaziga qurilgan va jihozlangan. Chunki bankdan kredit mablagʼlari shu maqsadda oʼtkazib berilgan.

Shuningdek, 2 oy oldin MTM binosining ochilish marosimi boʼlib oʼtgan, ammo bugungacha ham faoliyati yuzasidan litsenziya olinmagan. Sababi, bogʼcha foydalanishga yarim tayyor holatda boʼlib, ayrim ishlar toʼliq tugatilmagan.

Yuqoridagi MTM boʼyicha hozirda kredit qoldigʼi 1 847,0 mln soʼm va muddati oʼtgan foiz qarzdorligi 33,3 mln soʼm (331 kundan buyon toʼlanmasdan kelinmoqda)ni tashkil etmoqda. Shuning uchun ayni damda “SHIRINTOY” MTM NTM kredit qarzdorligi yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Koʼrinib turibdiki, murojaatdagi holatlar oʼz isbotini topmadi. Bank axborot xizmati tomonidan ushbu MTM boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlar taqdim etilishini bildiramiz.

Bank axborot xizmati




Yana ko‘ring

6 Mart 2026

MKBANKda bayram shukuhi

Bayram muborak bo’lsin! 
6 Mart 2026

Bayram kunlaridagi ish tartibi!

7, 8 va 9-mart kunlari ishlaydigan navbatchi shoxobchalar ro'yxati
2 Mart 2026

MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

3-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X