Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil rejalari toʼgʼrisida navbatdagi matbuot anjumani oʼtkazildi

...
Yangilash: ...
Image
2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil rejalari toʼgʼrisida navbatdagi matbuot anjumani oʼtkazildi

26-mart kuni Mikrokreditbank tomonidan Milliy matbuot markazida “Аholi bandligini oshirish, kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil rejalari” toʼgʼrisida navbatdagi matbuot anjumani oʼtkazildi. Unda bank boshqaruv aʼzolari, tegishli departament direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari, jurnalist hamda blogerlar ishtirok etdi.

Taʼkidlash lozimki, Mikrokreditbank yurtimizda kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik hamda kasanachilikni qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish borasida oʼz faoliyatini olib bormoqda.

Xususan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlarga qisqacha toʼxtalib o‘tildi. 
Bankning 92 ta hududiy bo‘linmalariga biriktirilgan 1 062 ta mahallada faoliyat olib borish uchun 320 ta “Mahalla bankiri”ga koʼmaklashish uchun, 1 062 nafar yordamchi agentlar shartnoma asosida ishlab kelmoqda (shundan, ayol 532 ta, erkak 530 ta).

1. Аjratilgan kreditlar bo‘yicha:
2025 yilda 10,2 trln soʼm, shundan, kichik va oʼrta biznesga 7,9 trln soʼm va dasturlar doirasida 4,2 trln soʼm kreditlar ajratildi. Shundan,
PQ-312 sonli qaror doirasida 936 mlrd soʼm;
“Biznesga birinchi qadam” 456,4 mlrd soʼm;
Oilaviy tadbirkorlik dasturi 1,6 trln soʼm;
“Mening mahallam” dasturi 1,1 trln soʼm. 

2. Аholi bandligi taʼminlash borasida: 
2025-yilda 345 895 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan, 122 066 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 223 829 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi. 

3. Bank tomonidan aholiga taklif etilayotgan mikroloyihalar boʼyicha: 
2025-yilda 47 975 ta mikroloyihaga 905,1 mlrd soʼm kredit ajratilishi natijasida 98 305 ta ish oʼrni yaratildi. 
Shuningdek, kam daromadli 11 142 ta xonadonlarga 318 mlrd soʼmlik loyiha paketlari yetkazib berilib, 16 704 nafar aholi bandligi taʼminlandi. 

4. Bank mijozlari bilan oʼtkazilgan uchrashuvlar (Uychi tajribasi) 
2025-yilda bankning 50 850 nafar tadbirkorlari bilan 3 275 marotaba uchrashuvlarda koʼtarilgan 13 940 ta murojaatlar hal qilinishi natijasida 15 809 ta ish oʼrni yaratildi. 

5. “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilida namunali loyihalar
Аholiga (5 210 nafar) ijaraga berilgan 1 747 gektar yer maydonida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 159 ta namunali loyihalarda 2,9 mlrd soʼm imtiyozli kredit ajratilishi natijasida daromadbop va eksportbop mahsulotlar ekildi. Natijada, 34 764 tonna mahsulot yetishtildi, shundan 2 195 tonnasi eksport qilinib, umumiy hisobda 211,3 mlrd. soʼm daromad olindi. 

6. “Kambagʼallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi
Bankning 181 ta hududiy boʼlinma rahbar va oʼrinbosarlari tomonidan 412 ta oilani daromadi yaxshilanib, ijtimoiy reestrdan chiqarildi. Bunda,
- doimiy ishga 137 nafar aholi joylashtirildi;
- tadbirkorlikka 84 nafar jalb etildli;
-kredit ajratildi 2 nafariga 229 mln soʼm; 
- kasb-hunarga 4 nafari oʼqitildi;
- boshqa (ijtimoiy, tibbiy xizmat va taʼlim va toʼgʼarak) 185 nafariga koʼrildi.

Yordamchi agentlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar ish samaradorligini baholash maqsadida bankning “Mahalla mkb.uz” platformasi yaratilib ishga tushirildi.

Mahalla agentlari tomonidan 26,6 mingta plastik karta, 131 nafar aholidan 27,8 mlrd soʼm omonat, 2 704 nafar aholiga 822,3 mlrd soʼm kreditlar ajratilishiga koʼmaklashildi.

2026-yil uchun belgilangan vazifalar 
1. Barcha manbalar hisobidan 11 trln. soʼmlik kreditlar ajratiladi. Shundan, Kichik va oʼrta biznesga 7,4 trln. soʼm, shundan, dasturlar doirasida 4,8 tlrn soʼm kredit ajratilib, 140 minga yaqin loyiha amalga oshiriladi. Mahallalarni ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda biriktirilgan 1 062 ta mahallada 10,5 mingdan ortiq mikroloyihalarga 347 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratiladi. 

- “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 7 129 ta dehqon xoʼjaliklariga ijaraga berilgan jami 362 ta konturdagi 4 775 gektar yer maydonida agregator va koperativ aʼzolar tomonidan daromadbop hamda eksportbop mahsulotlar ekiladi. 

Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashishiga koʼmaklashish boʼyicha “Kelajakka qadam” dasturi (PQ-61) doirasida 2026 yilda 116,2 mlrd soʼm kredit ajratilishi natijasida 3 600 nafar bitiruvchilarni bandligini taʼminlash belgilangan.

2. Tashqi manbalar hisobidan jami 400 mln. doll. mablagʼlar jalb qilinib, 150 mln. doll. investitsiya loyihalariga hamda 175 mln. doll. kichik va oʼrta biznesni qoʼllab quvvatlashga yoʼnaltiriladi.

Yanvar-mart oyi reja ijrosi bo‘yicha 

Bank tomonidan bugunga qadar 1,7 trln soʼm shundan, kichik va oʼrta biznesga 1,2 trln soʼm shundan, dasturlar doirasida 557,1 mlrd soʼm kreditlar ajratildi. Jumladan, aholi bandligi taʼminlashda yanvarь-mart oyida 16 719 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan, 3 724 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 12 995 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi. Bank mijozlari bilan oʼtkazilgan uchrashuvlar (Uychi tajribasi) boʼyicha 9 852 nafar tadbirkorlar bilan 488 marotaba uchrashuvlar oʼtkazildi. Uchrashuvlarda koʼtarilgan 1 671 tasi ijobiy hal qilinishi natijasida 1 822 ta yangi ish oʼrni yaratildi. 

PQ-49 sonli qaror doirasida 2026 yilda jami aholiga (7 129 nafar) ijaraga berilgan 4 775 gektar (shundan, 2024-2025 yillarda 1 749 gektar va 2026 yilda 3 026 gektar) yer maydonda “Bir kontur–bir mahsulot” tamoyili asosida 362 ta namunali loyihalarni amalga oshirish uchun 42 ta agregatorlar tomonidan poliz va sabzovotlar yetishtirish uchun agregatorlarga 5 850 mlrd soʼm imtiyozli kredit ajratiladi. 

Misol uchun, Toshkent viloyati Parkent tumani “Shampan” mahallasida 10 nafar yoshlarga (1 gektardan) ijaraga berilgan 10 gektar yer maydoniga pamidor ekiladi. Ekin yetishtirish boʼyicha “Transport Globus” korxonasi va yer egalari oʼrtasida fьyuchers shartnomalari imzolanib, dastlabki hisob-kitoblarga koʼra birinchi ekinda 350 tonna mahsulot yetishtiriladi va har bir yoshlar 60 mln. soʼm daromad olishi rejalashtirilgan. 

Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

27 Mart 2026

Mikrokreditbankda dam olish kunlari xizmatlar kengaytirilmoqda

Mazkur notariuslarning 27 tasi shanba, 10 tasi esa yakshanba kunlari ham faoliyat yuritishini bildirgan.
27 Mart 2026

1-apreldan uy va mashina sotib olishda yangi tartib: nimalar o‘zgaradi?

Eskrou — bu xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi hisob-kitobni nazorat qiluvchi maxsus bank hisobvarag‘idir.
26 Mart 2026

Qarshilik yoshlar bilan ochiq muloqot!

Tashabbuskor yoshlarning takliflarini o'rganish uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X