Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11780
Sotish
11860
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11780
11860
11833.37
EUR
13000
14000
13577.61
RUB
140
139.79
GBP
15600
16600
15821.22
CHF
14200
15200
14336.53
JPY
50
100
75.91
Kurs 17.09.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Qashqadaryo viloyatidagi “Choʼl parrandasi” MJCHga press-tur tashkil etildi

552
Yangilash: 27 Oktyabr 2022, 15:10
Image
Qashqadaryo viloyatidagi “Choʼl parrandasi” MJCHga press-tur tashkil etildi

Parrandachilik chorvachilikning serdaromad, serpusht va tez yetiluvchan tarmogʼi hisoblanadi. U xalqimizga koʼplab sifatli parhez taom — tuxum va parranda goʼshti yetkazib berishda katta ahamiyatga ega. 

Parranda goʼshti tez hazm boʼlish xususiyatiga koʼra barcha turdagi chorva mollari goʼshtidan ustun turadi. Tarkibi har xil kimyoviy elementlarga boy.

 Bugungi kunda parrandachilik istiqbolli va chorvachilikdagi asosiy yoʼnalish ekani tan olinadi. Buning sabablardan biri parrandalarni saqlash uchun inshootlarning oddiy boʼlishidir. Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda jahonning yetakchi davlatlarida parrandachilikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Chunki aynan parrandachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishida asosiy ahamiyat kasb etib, qishloqlarda odamlarning ish bilan band boʼlishiga katta hissa qoʼshadi. 

Shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizda parrandachilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, buning uchun zarur huquqiy asoslar yaratilayotgani diqqatga sazovor. Jumladan, Prezidentimizning «Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarori eʼtiborga molik. Qarorga koʼra 2022-yil 1-iyundan 400 mlrd. soʼmgacha kredit mablagʼlari hisobidan parrandachilik xoʼjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oygacha revolver kreditlar ajratiladi. 

 Shuningdek, qarorda parrandachilikni rivojlantirish boʼyicha maqsadli davlat dasturlari boʼyicha kredit mablagʼlari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratilishi ham belgilangan. 

Аytish joizki, «Mikrokreditbank» tomonidan qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yil 29-iyunda Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasidan 529,2 mlrd. soʼm (1-bosqich: 50 million АQSh dollari) miqdorida mablagʼlar ajratilgan edi. Ushbu mablagʼlar hisobidan 203 ta parrandachilik xoʼjaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 500,8 mlrd. soʼm miqdorida kredit mablagʼlari ajratildi. Shundan, qarorga asosan boshqa tijorat banklariga parrandachilik loyihalarini moliyalashtirgani uchun jami 95,8 mlrd. soʼmlik resurs mablagʼlari yoʼnaltirildi. Xususan, Qishloqqurilishbankka 10 ta loyihaga 29,8 mlrd. soʼm, Turonbank 2 ta loyihaga 11,5 mlrd. soʼm, Ipotekabank 4 ta loyihaga 52,3 mlrd. soʼm va Savdogarbankka 1 ta loyihaga 2,2 mlrd. soʼm oʼtkazib berildi. Buning hisobiga ushbu parrandachilik xoʼjaliklarida quvvatdan foydalanish 45 foizdan 80 foizga oshirilib, 410 mln. dona tuxum, 15,4 ming tonna goʼsht, 106,7 ming tonna ozuqa ishlab chiqarish imkoni yaratildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 2022 yilda qiymati 13 mlrd. soʼmlik 15 ta loyiha amalga oshirilgan boʼlib, ushbu parrandachilik korxonalarida 477 ming bosh parranda boqilmoqda. Natijada yiliga 41 mln. dona tuxum va 2,1 ming tonna parranda goʼshti yetishtirish quvvatlari yaratildi, qoʼshimcha 187 ta yangi ish oʼrin yaratildi.

 Joriy yilning 27-oktabr kuni “Mikrokreditbank” АTB hamda “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan tadbirkor Baxriddin Niyazov rahbarlik qilayotgan “Choʼl parrandasi” MJChda bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

photo_2022-10-27_14-56-57.jpg

    Press-tur davomida OАV vakillari parranda goʼshti (broylel tovuqlari)ni koʼpaytirish jarayoni bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi.

 “Choʼl parrandasi” MChJ haqida maʼlumot 

Nishon tumanida joylashgan “Choʼl parrandasi” MJCh 2021 yilning dekabrь oyida “Mikrokreditbank” АTBning Yangi Nishon filialidan 4 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan (14 foizli) 3 milliard soʼmlik kredit olib, oʼz faoliyatini boshlagan va shu kungacha 120 ming dona broylel joʼjalarini aholi isteʼmoli uchun yetkazib bergan. Аyni paytda mazkur korxonada 40 ming dona joʼja parvarishlanmoqda. Taʼkidlash joizki, bank tomonidan parrandachilik yoʼnalishda loyihalarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Bank axborot xizmati



Yana ko‘ring

17 Sentyabr 2026

Arnasoyda aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar kengaytirilmoqda

Yil yakuniga qadar 1 000 ta xonadonda 3 000 bosh naslli chorva mollari yetishtirish rejalashtirilgan.
17 Sentyabr 2026

MKBANK va Belarus elchisi — yangi hamkorlik imkoniyatlari sari

Uchrashuv faktoring yo‘nalishida investorlarni jalb etishga qaratilgan
16 Sentyabr 2026

MKBANK va FOTON — biznes uchun yangi imkoniyatlar sari!

Avvalroq MKBANK va FOTON o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Avto Express kredit moduli ishga tushirilgan edi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X