Kitob insonning eng yaxshi do‘sti, deyishadi. MKBANK jamoasini ana shunday yangi do‘stlar bilan tanishtirish maqsadida Bosh ofisda “TaskinKitoblar” brendi bilan hamkorlikda navbatdagi “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.

2dd9af72-21b0-485e-afca-30c0810715e3.png

3727731c-3048-46ae-9b83-2a92112041ab.png

Bank rahbariyati tashabbusi bilan xodimlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun tashkil etilgan yarmarkada 200dan ortiq nomdagi 1000ga yaqin kitoblarni ko‘rish mumkin edi.

ce000646-9869-4cc9-b336-3246b736ae6a.png

ef14c3e4-ddf4-41a7-9b21-8e58964c979e.png

Taassurotlarga boy o‘tgan yarmarkada xodimlarga o‘zlari va farzandlari uchun o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, iqtisodiy kitoblar, bolalar adabiyoti hamda turli janrlarda chop etilgan adabiyotlar bilan tanishish hamda xarid qilish imkoniyati yaratilib berildi.

d63a1ada-a3b4-4ab9-b238-feadf78f2adc.png

Ta’kidlash kerakki, yarmarkada kitoblar bir muncha hamyonbop narxlarda sotildi va bank xodimlari yangi nashr etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlardan xarid qildilar.

Bank Axborot xizmati