MKBANK kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi tadbirda ishtirok etdi
Bugun, 22-oktabr kuni O‘zbekiston va Germaniya hamkorligida amalga oshirilayotgan kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish dasturi natijalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida hamkor banklar vakillari ishtirokida panel muhokamasi tashkil etildi. Unda MKBANK va boshqa hamkor banklarning tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tajribasi, biznesni moliyalashtirish imkoniyatlari hamda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur natijalari sarhisob qilinib, tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish borasidagi tajribalar bilan almashildi.
MKBANK mamlakatimizda mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda tadbirkorlarning tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettiradi.
















