“Mikrokreditbank” ATB tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va biznesni rivojlantirish maqsadida “Mahallaga ko‘mak” kredit moduli doirasida imtiyozli shartlar asosida kreditlar ajratadi.
Kreditlar biznes loyihasining hajmiga qarab ikki toifada taqdim etiladi.5 mlrd so‘m ekvivalentigacha kreditni tadbirkorlar quyidagi shartlar asosida olishlari mumkin:
• Kredit miqdori: 5 mlrd so‘m ekvivalentigacha;
• Milliy valyutada: yillik 21 foizdan;
• Xorijiy valyutada: yillik 12 foizdan;
• Imtiyozli davr: 12 oygacha.
Tuman (shahar) shtabining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik va o‘rta biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha” qarori taqdim etilgan taqdirda, milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha yillik foiz stavkasining 14 foizdan, xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha esa 6 foizdan oshgan qismi 2 yilgacha kompensatsiya bilan qoplanadi.
5 mlrd so‘mdan yuqori, 10 mlrd so‘mgacha kreditni tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun quyidagi shartlar belgilangan:
• Kredit miqdori: 5 mlrd so‘mdan yuqori, 10 mlrd so‘m ekvivalentigacha;• Milliy valyutada: yillik 24 foizdan;
• Xorijiy valyutada: yillik 12 foizdan;
• Imtiyozli davr: 12 oygacha.
Tegishli tuman (shahar) shtabi qarori taqdim etilganda, milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha yillik foiz stavkasining 18 foizdan, xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha esa 8 foizdan oshgan qismi 2 yilgacha kompensatsiya bilan qoplanadi.
Kredit moduli qaysi hududlarda amal qiladi?“Mahallaga ko‘mak” kredit moduli quyidagi hududlarda amal qiladi:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Xo‘jayli va Chimboy tumanlari;
• Andijon viloyati: Marhamat va Paxtaobod tumanlari;
• Buxoro viloyati: barcha shahar va tumanlar;
• Jizzax viloyati: Zafarobod va Arnasoy tumanlari;
• Qashqadaryo viloyati: Qamashi va Qarshi tumanlari;
• Navoiy viloyati: Xatirchi tumani;
• Namangan viloyati: Mingbuloq va Uychi tumanlari;
• Samarqand viloyati: Narpay va Paxtachi tumanlari;
• Surxondaryo viloyati: Angor va Muzrabot tumanlari;
• Sirdaryo viloyati: Boyovut tumani;
• Toshkent viloyati: Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlari;
• Farg‘ona viloyati: Uchko‘prik va Furqat tumanlari;
• Xorazm viloyati: Xiva shahri;
• Toshkent shahri: Yashnobod tumani.
Kredit olish shartlari, talab etiladigan hujjatlar va moliyalashtirish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun MKBANKning tegishli hududiy bank xizmatlari ofislariga murojaat qilish mumkin.
MKBANK — biznesingiz rivoji uchun yangi imkoniyatlar!Bank Axborot xizmati
















