
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi va 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Mikrokreditbank” ATBda bank Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilgan mini-futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi – 2026” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.



Bosh ofis tarkibiy bo‘linmalari hamda Amaliyot boshqarmasi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan mazkur musobaqa 24 ta jamoa 6 ta guruhga boʻlingan holatda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Unda ishtirokchilar nafaqat sport mahorati, balki jamoaviy hamjihatlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etdi.
Millionlar o‘yinini barchanimizning sevimli boshlovchimiz Mirzahakim Toʻxtamirzayev boshqarib bordi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar bilan tanishing:
















