
MKBANKda "Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!" shiori ostida Ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi va 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan bank xodimlar o‘rtasida “Umummilliy diktant” loyihasi doirasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ishtirokchilar diktant yozish orqali lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida o‘z savodxonligini sinab, imlo va tinish belgilarini qo‘llashga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bu loyiha davlat tilida ish yuritishda hujjatlarning aniq, ravon va xatosiz tayyorlanishi, yozma savodxonlikni mustahkamlash, ona tilimizning qoida va me’yorlariga yanada e’tiborli bo‘lish imkonini berdi.
Xodimlar diktant yozishni yoshlik va maktab davrlarini eslatuvchi begʻubor damlarga qiyoslashdi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!



















