
Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining Bo‘zatov bank xizmatlari markazi boshqa yuridik manzilga koʻchirildi.
Bank mijozlariga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida Bo‘zatov BXM faoliyat manzilini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, Shimbay shayxana MFY, J.Aymurzayev ko‘chasi, 95/1- uyga ko‘chirilganini ma’lum qilamiz.
Ta’kidlash kerakki, 24/7 tarzda faoliyat koʻrsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan taʼminlangan Bo‘zatov bank xizmatlari markazi tomonidan aholi va mijozlarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.
Axborot xizmati


















