Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Brifing: 2025- yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026- yilgi rejalar xususida

...
Yangilash: ...
Image
Brifing: 2025- yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026- yilgi rejalar xususida

Аssalomu alaykum, hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari! 

Bugun Sizlarga Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini oshirish, kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha 2025 yilda amalga oshirilgan va 2026 yil rejalari toʼgʼrisida maʼlumot bermoqchimiz. Taʼkidlash lozimki, Mikrokreditbank yurtimizda kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik hamda kasanachilikni qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish borasida oʼz faoliyatini olib bormoqda.

Xususan, 2025 yilda amalga oshirilgan ishlarga qisqacha toʼxtalib oʼtmoqchiman. 
Bankning 92 ta hududiy boʼlinmalariga biriktirilgan 1 062 ta mahallada faoliyat olib borish uchun 323 ta “Mahalla bankiri”ga koʼmalashish uchun, 1 062 nafar yordamchi agentlar shartnoma asosida ishlab kelmoqda. 

2025 yilda 10,2 trln soʼm, shundan, kichik va oʼrta biznesga 7,9 trln soʼm va dasturlar doirasida 4,2 trln soʼm kreditlar ajratildi. Natijada 344 nafardan ortiq aholi bandligi taʼminlandi. Shundan, 122 ming nafari doimiy ishga va 222 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi. 

2025 yilda 47 975 ta mikroloyihaga 905,1 mlrd soʼm bank krediti hisobiga amalga oshirilib, 98 305 ta ish oʼrni yaratildi. Shuningdek, kam daromadli 11 142 ta xonadonlarga 318 mlrd soʼmlik loyiha paketlari yetkazib berilishi natijasida 16 704 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Hisobot davrida bank mijozlari bilan muntazam uchrashuvlar oʼtkazib borishga ham alohida eʼtibor qaratildi. Misol uchun 2025 yilda bankning 51 mingga yaqin tadbirkorlari bilan 3 200 dan ortiq uchrashuvlar oʼtkazildi. Unda koʼtarilgan 14 mingga yaqin murojaatlar hal qilinishi natijasida qariyib 16 mingta ish oʼrni yaratildi. 

“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida namunali loyihalarni moliyalashtirishda ham ijobiy natijalarga erishildi. Yaʼni aholiga (5 210 nafar) ijaraga berilgan 1 747 gektar yer maydonida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 159 ta namunali loyihalarda 3 mlrd soʼm imtiyozli kredit ajratilishi natijasida daromadbop va eksportbop mahsulotlar yetishtirildi. 

Natijada, dehqonlarimiz tomonidan 34 764 tonna mahsulot yetishtirilib, shundan 2 200 tonnasi eksport qilindi va umumiy hisobda 211,3 mlrd. soʼm daromad olindi. 
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kambagʼallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida ham tizimli ishlar yoʼlgan qoʼyilgan. 

Misol uchun bankning 181 ta hududiy boʼlinma rahbar va oʼrinbosarlari tomonidan 412 ta oilaning daromadi yaxshilanib, ijtimoiy reestrdan chiqarildi. 
Yordamchi agentlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash maqsadida bankning “Mahalla mkb.uz” platformasi ishga tushirildi.
Mahalla agentlari tomonidan 26,6 mingta plastik karta, 131 nafar aholidan 27,8 mlrd soʼm omonat, 2 704 nafar aholiga 822,3 mlrd soʼm kreditlar ajratilishiga koʼmaklashildi.
Endi 2026 yil uchun belgilangan vazifalar haqida qisqacha maʼlumot berib oʼtaman. 

Joriy yilda barcha manbalar hisobidan 11 trln. soʼmlik kreditlar ajratiladi. Shundan, Kichik va oʼrta biznesga 7,3 trln. soʼm, shundan, dasturlar doirasida 4,9 tlrn soʼm kredit ajratiladi.
Shundan, 
- Kichik biznesni uzluksiz qoʼllab-quvvatlashga 700 mlrd. soʼm;
- “Biznesga birinchi qadam” doirasida 473 mlrd. soʼm;
- Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2,4 trln. soʼm;
- “Mahalla loyihasi” doirasida mahalla ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga 1,3 trln. soʼm.

Buning hisobiga 2026 yilda 167 668 nafar ish oʼrinlari yaratiladi. Jumladan,
- Xotin-qizlar bandligini taʼminlash orqali - 14 701 nafar;
- Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish orqali - 11 359 nafar;
- Mikro, kichik va oʼrta tadbirkorlarni faoliyatini kengaytirish orqali - 123 904 nafar;
- Аholi xonadonlariga loyiha paketlarini taqdim etish orqali - 11 891 nafar.

Mahallalarni ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda biriktirilgan 1 062 ta MFYda 44 mingdan ortiq mikroloyihalarga 2,7 trln. soʼm kredit mablagʼlari ajratiladi. 

“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 159 ta konturdagi 5 207 ta dehqon xoʼjaliklariga ijaraga berilgan 1 747 gektar yer maydonida namunali loyihalar amalga oshiriladi.
Tashqi manbalar hisobidan jami 400 mln. doll. mablagʼlar jalb qilinib, 150 mln. doll. investitsiya loyihalariga hamda 175 mln. doll. kichik va oʼrta biznesni qoʼllab quvvatlashga yoʼnaltiriladi. 

Eʼtiboringiz uchun rahmat!



Yana ko‘ring

29 Yanvar 2026

MKBANkning Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi Markaziy bank tomonidan taqdirlandi

Ushbu yutuq va e’tirof jamoamizning masʼuliyatli hamda samarali mehnatining yaqqol ifodasidir.

28 Yanvar 2026

Boshqaruv raisi O.Butayev Buxoroda tadbirkorlar bilan uchrashdi

Ushrashuvda tadbirkorlar o‘z faoliyatidagi muammolar, moliyaviy ehtiyojlar va yangi loyihalar yuzasidan ham fikr almashish imkoniga ega bo‘lishdi.

27 Yanvar 2026

Sirdaryoda navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi

MKBANK — yoshlar bilan doim birga!
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X