
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Mikrokreditbank” ATB tizimida muammoli kreditlarni undirish yo‘nalishida yollanma xodimlar shartnoma asosida faoliyat yuritadi. Mazkur xodimlarga shartnoma shartlariga muvofiq oylik to‘lov hamda bajarilgan ish natijalariga qarab qo‘shimcha rag‘batlantirish puli belgilangan.
Shartnomaga ko‘ra, qo‘shimcha rag‘batlantirish miqdori xodim tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilish darajasiga qarab to‘lanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda murojaat yo‘llagan fuqaro tomonidan shartnomada belgilangan ish ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilmagan bo‘lishi sababli, rag‘batlantirish puli minimal miqdorda hisoblangan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, shartnomada nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarni to‘liq va samarali bajargan boshqa yollanma xodimlarga belgilangan miqdordagi rag‘batlantirish to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lab berilganini ma’lum qilamiz.
“Mikrokreditbank” ATB barcha to‘lovlarni amaldagi shartnomalar va ichki tartiblarga muvofiq amalga oshiradi.
Bank Axborot xizmati


















