
2025-yil 14-noyabrda Iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qoʻchqorov va Bosh prokuror N.Yoʻldoshev boshchiligida o‘tkazilgan “Muammoli kredit qarzdorliklarni qisqartirishga doir idoralararo yigʻilish” bayoni ijrosi yuzasidan joriy yilning 1-dekabr kuni “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasida bank xodimlari uchun korrupsiya va huquqbuzarliklarni yuzaga kelishining oldini olish maqsadida xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishda xolis va adolatli boʻlishlarini taʼminlash uchun huquqiy targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat Prokuraturasi masʼul xodimi B. Poʻlatov, Undiruv xizmati rahbari B. Roziqov, bankning Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi rahbar xodimlari, BXO-BXM boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda barcha undiruv xizmati masʼul xodimlari “ZOOM” orqali ishtirok etdi.
Oʻtkazilgan tadbirda kredit ajratish va muddati kelgan kreditlarni oʻz vaqtida undirish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, xodimlarning faoliyati boʻyicha kundalik taʼsirchan nazoratni kuchaytirish orqali ularning masʼuliyatini oshirib borish, xizmat vazifalarini bajarishda xolis hamda adolatli boʻlish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga jazo muqarrarligi haqida toʻxtalib, respublika bank tizimida korrupsiyaga oid uchrayotgan salbiy holatlar borasida ham misollar keltirildi.
Bank Boshqaruvi tomonidan bu kabi tadbirlar respublikaning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.
Bank Axborot xizmati


















