
Endilikda qisqa raqam 1419 orqali onlayn buyurtma qilingan In-vitro payvantakli mevali ko‘chatlar mijozlarga yetkazib berilib, hodimlar tomonidan joyiga ekib berilmoqda. Shuningdek, agronomlar tomonidan amaliy maslahatlar ham taqdim etilmoqda.

Loyiha doirasidagi dastlabki buyurtmalar Quva tumani, Quvasoy shahri va Oltiariq tumanidan kelib tushdi.

Bundan tashqari, Farg‘ona Agro Star tomonidan noyabr oyida 3000 dona o‘rik ko‘chatlari aholiga bepul tarqatildi.
Bank Axborot xizmati


















