
Hozirda Mikrokreditbank va PAYSEND innovatsion onlayn-platformasi o‘rtasida xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar yakunlanmoqda. Ushbu loyiha ishga tushirilgach, MKBANK kartalariga mablag‘larni tez, qulay va arzon tariflarda o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, agar siz MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.
PAYSEND — dunyoning 170 dan ortiq mamlakatiga pul o‘tkazmalarni amalga oshira oladigan global servis bo‘lib, mablag‘ni bank kartasi, hisob raqami yoki mobil raqam orqali jo‘natish imkonini beradi.
Visa, Mastercard, MIR va Sberbank kabi yirik tizimlar bilan hamkorlik qiluvchi PAYSEND past komissiya va qulay kurslar bilan ajralib turadi. Kelgusida Uzcard, Humo va UnionPay kartalariga pul o‘tkazmalarni yanada osonlashtirish rejalashtirilgan.


















