Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

MKBANKda korrupsiyaga qarshi murosasizlik bo'yicha treninglar o'tkazildi

...
Yangilash: ...
Image
MKBANKda korrupsiyaga qarshi murosasizlik bo'yicha treninglar o'tkazildi

Davlatimiz rahbari tashabusi bilan jamiyatimiz korruptsiya illatiga qarshi keskin kurash amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining yuzaga kelishiga sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning va fuqarolarimizda korrupsiyaga qarshi Huquqiy ongni shakllantirishni yangicha mexanizmi yaratildi.

Mikrokreditbank rahbariyati tomonidan ham korrupsiyaga qarshi murosasiz faoliyatni shakllantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 
Shu maqsadda, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilinib, ushbu yoʼnalishdagi ishlar izchil takomillashtirilmoqda. Xususan, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda Bankning korruptsiyaga qarshi kurashish Siyosatini ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi menejment tizimlari – foydalanish uchun talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida bankning ichki va tashqi korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, korrupsiya xavfi yuqori boʼlgan biznes jarayonlar belgilab olindi va korrupsiya eng koʼp duch kelishi mumkin boʼlgan lavozimlar roʼyxati tasdiqlandi.

Xodimlarda korrupsiyaga qarshi kurashish malakasini oshirish doirasida “CERT Academy” xalqaro trening kompaniyasi bilan hamkorlikda bank xodimlarini ISO 37001:2016 standarti talablarini oʼqitish ishlari tashkil etildi.

Natijada, bugungi kungacha 20dan ortiq top-menejerlar xalqaro tan olingan sertifikatini qoʼlga kiritdi, yil oxirigacha ularning sonini 100 tagacha yetkazish rejalashtirilgan. Oʼquv mashgʼulotlari davomida xodimlar milliy va xalqaro qonunchilik talablari toʼgʼrisida batafsil maʼlumot olishdi va kelajakda korrupsiyaga qarshi standartlarni oʼz faoliyatiga tadbiq etish koʼnikmalariga ega boʼlishdi.
Xodimlarning oʼqitilishi bankning ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatini olish yoʼlidagi muhim qadamlardan biri boʼlib, bank tizmida korrupsiyaning barcha koʼrinishlariga murosasiz munosabat shakllantirishda va bank faoliyatini barqarorlashtirishda muhim rol oʼynaydi.
Mikrokreditbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʼnalishida yana bir eʼtiborga molik ishlardan biri, mijozlarga xizmat koʼrsatishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, bu borada jamoatchilik bilan samarali aloqani yoʼlga qoʼyish maqsadida “Komplaens ishonch liniyasi” ishga tushirilgan.

Ushbu aloqa liniyalari orqali murojaatlar 24/7 rejimida fuqarolar xohishiga koʼra shaxsni oshkor qilgan holda yoki anonim tarzda avtomatik ravishda qabul qilinmoqda. 

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

13 Mart 2026

E’lon!

2026-yil 13-mart kuni soat 17:00 dan boshlab 18:00 gacha “ANOR” to‘lov tizimida texnik o‘zgarishlar amalga oshiriladi
10 Mart 2026

Diqqat! MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

11-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi
10 Mart 2026

Korrupsiyasiz bank: MKBANKda navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

Seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, bu illatga birgalikda kurashish lozimligini bildirishdi.

Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X