
Joriy yilning 24-yanvar kuni “XALQ DARDI” telegram kanali orqali “Mikrokreditbank” ATB Qo‘qon BXMga tegishli Qo‘qon shahar A.T.Xujandiy mavzesi hamda Qo‘qon shahar tug‘ruq kompleksi yaqinida joylashgan bankomatlar faoliyati bo‘yicha e’tirozlar kelib tushgan.
Mazkur holat bank mutasaddilari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi va tezkor hal etildi.
Murojaatda bankomatda texnik nosozlik tufayli berilmagan pul mablag‘lari mijozlarga qaytarildi. Shuningdek, yana bir bankomatda tozalik ishlari olib borilib, chiroyli holatga keltirildi.
Kelgusida bunday murojaatlar kelib chiqmasligi uchun nazorat kuchaytirilishini qayd etgan holda, keltirilgan nokulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Bank Axborot xizmati


















