
#HASHAR_ELGA_YARASHAR
Yurtimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida, joriy yilning 14-mart kuni MKBANKning barcha bo‘linmalarida umumxalq hashar tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur ezgu tadbirlar “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Ushbu umumxalq hasharida Bosh ofis xodimlari ham faol ishtirok etib, ishxona binosi va unga tutash hududlarda obodonlashtirish hamda tozalash ishlarini amalga oshirdi. Shuningdek, hashar jarayonida yashil hududlarni parvarishlash hamda daraxtlarni oqlash ishlari ham olib borildi.




Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan ana shunday ezgu tadbirlarda MKBANK jamoasi ham xalqimizning hamjihatligi va bunyodkorlik an’analarini yana bir bor namoyon etdi.
Umumxalq hashari — bunyodkorlik, hamjihatlik va vatanparvarlik ifodasidir!
Bank Axborot xizmati


















