Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Oddiy tikuvchilikdan - Biserchilik kooperatsiyasiga qadar yo‘l

...
Yangilash: ...
Image
Oddiy tikuvchilikdan - Biserchilik kooperatsiyasiga qadar yo‘l

Davlatimiz rahbarining ayollar tadbirkorligi va ishbilarmonligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator qaror va farmonlaridan ilhomlanib, o'z tumanidagi  “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan uy bekalari uchun tikuvchilik sexini ochgan Nargiza Eshdavlatovaning amalga oshirayotgan ishlari ayolning ishbilarmon bo‘lishi nafaqat oilasi, balki jamiyat rivoji uchun ham qanchalik muhim rol o‘ynashini isbotlaydi. 

Qamashilik tadbirkor Nargiza Eshdavlatova 2020-yil mart oyidan o‘z faoliyatini tikuvchilikdan boshladi va tezda bu sohaning butun sir-asrorlarini puxta o‘rganib, faoliyatini kengaytirishga kirishdi. 

Avval boshda kelin liboslari, turli yotoqxona choyshablari va buyurtmaga ko‘ra ayollar to‘y liboslarini tikishni yo‘lga qo‘ydi. Keyinchalik Qamashi tumanida faoliyat yuritayotgan Imona Fahriddinovna” oilaviy korxonasiga asos soldi. Ushbu oilaviy korxonada qishki va yozgi ko‘rpalar, yotoqxona choyshablari, dasturxon, qo‘l sochiq va bisser bilan bezatilgan kelin ko‘ylaklari kabi 10 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 

Mamlakatimizda olib borilayotgan yangiliklar, o'zgarishlarni ko'rib, bunday islohotlarga o'z hissasini qo'shish istagida yongan ilg'or tadbirkor Nargiza Eshdavlatova o‘z tumanida kelin liboslari salonini ochdi. U yerda kelin ko‘ylaklarini ijaraga berib, hozirda xotin-qizlarga turli xizmatlarni ham ko‘rsatib kelmoqda.

Bugunga kelib Nargiza Eshdavlatova Kasbi, Qamashi va Chiroqchi tumanlaridagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida kooperatsiya asosida zamonaviy kashtachilik-bisserchilikni yo‘lga qo‘yib, 500 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi. Natijada Bisserchilik kooperatsiyasiga a’zo bo‘lish istagidagi xotin-qizlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Quvonarlisi, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki qo‘shni Qozog‘istonga ham eksport qilinmoqda. 

Mehnatlari besamar ketmayotgan Nargiza Eshdavlatova O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovining tuman, viloyat bosqichi hamda “Ishbilarmon ayol-2021” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibi deb e’tirof etildi.

2021-yil 20-23-sentabr kunlari Bishkek shahrida “Qirg‘iziston-O‘zbekiston tadbirkor ayollar muloqoti” biznes-forumida ishtirok etib, yurtimiz ayollarining qanchalik oqila va tadbirkorligini isbotladi.

2022-yilda esa Nargiza Eshdavlatova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

So‘zimiz yakunida Prezidentimizning doimo xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, har tomonlama ko'mak berishga qaratilgan tashabbuslari bugun minglab nozik jins vakilalarining qalbida ishonch, shijoat hamda minnatdorlik tuyg'ularini uyg'otmoqda, desak adashmagan bo‘lamiz.

Ma’lumot uchun: MKBANK tomonidan 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash dasturlari doirasida jami 81 626 nafar aholi va tadbirkorlik subyektlariga o'zining tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 2 trln. so'mdan ortiq imtiyozli kredit mab'laglari ajratilgan.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

2 Mart 2026

MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

3-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi
2 Mart 2026

Xalqaro o'tkazmalar uchun bankka kelish shart emas!

RIA, Astrasend va Asia Express o‘tkazmalari MAVRID ilovasiga ulandi.
26 Fevral 2026

Samarqandda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq taklif va murojaatlar ijobiy hal etildi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X