
Joriy yilning 26-mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Turon universitetida “Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Ochiq muloqotda bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Mamadjanov, Turon universiteti prorektori Xamid Saidov yosh tadbirkorlar, talabalar, mahalla yoshlari va faol yoshlar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvda bank xizmatlari, imtiyozli kreditlar, tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar, moliyaviy savodxonlik va bandlik masalalari muhokama qilindi. Yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.

Tashabbuskor yoshlarning takliflarini o'rganish uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday uchrashuvlar boshqa hududlarda ham tizimli davom ettiriladi.
Bank Axborot xizmati


















