
Samarqand viloyati Narpay tumanida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi.
25-fevral kuni tumandagi “Salovat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan tadbirda Mikrokreditbank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Mamadjanov ishtirok etdi. Muloqot davomida 40 ga yaqin aholi va tadbirkorlar qatnashib, ular tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq murojaat va takliflar tinglandi.

Koʼtarilgan masalalarni ijobiy hal etish, ularning ijrosini taʼminlash hamda aniq muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan mutasaddi xodimlarga tegishli koʼrsatmalar berildi. Uchrashuvda fuqarolar va tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash, hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, yangi ish oʼrinlari yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bank Axborot xizmati


















