Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Tarixiy qadam: Markaziy Osiyoda ilk bor amalga oshirilgan moliyaviy tranzaksiya

...
Yangilash: ...
Image
Tarixiy qadam:  Markaziy Osiyoda ilk bor amalga oshirilgan moliyaviy tranzaksiya

“Mikrokreditbank” ATB O‘zbekistonda birinchi bo‘lib MIGA kafolati ostida xalqaro investitsiyalarni jalb qildi.

“Mikrokreditbank” ATB O‘zbekiston bank sektori tarixida muhim voqeani amalga oshirdi. Bank mamlakatimizda birinchi bo‘lib Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro investitsiyalar kafolati agentligi (MIGA) kafolati ostida Germaniyaning ODDO BHF SE bankidan 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni muvaffaqiyatli jalb qildi.

MIGA tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tranzaksiya tuzilmasi nafaqat O‘zbekiston bank sektori, balki Markaziy Osiyo bank sektorida ham birinchi hisoblanadi.

Mazkur bitim O‘zbekiston bank tizimining xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklar bilan hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi hamda mamlakatimiz moliya bozoriga bo‘lgan ishonchning yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Jalb qilingan mablag‘lar kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, shuningdek “yashil” va ekologik barqaror loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu tashabbuslar tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan amalga oshirilgan mazkur bitim bankning xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzini oshirish, xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or xalqaro moliyaviy mexanizmlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Bank kelgusida ham xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirishga munosib hissa qo‘shishni davom ettiradi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

23 Yanvar 2026

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida yangilik

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari tayinlanadi
23 Yanvar 2026

Bank kartangiz yoningizda yo‘q, lekin naqd pul kerakmi?

MAVRID va SMS-kod orqali bankomatdan kartasiz ham naqd pul yechish mumkin
22 Yanvar 2026

MKBANK va AQSH banki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

MKBANK — xalqaro ishonchga ega bank!
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X