
5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida xalqaro Women Entrepreneurs Finance Initiative — WE-Finance Code tashabbusining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“WE-Finance Code” tashabbusining yillik natijalari nafaqat ayollar tadbirkorligi uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi, balki mamlakat iqtisodiyotida inklyuzivlik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga ham zamin yaratadi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonda tashabbusni joriy etish jarayonida erishilgan natijalar, ayollar rahbarligi bo‘yicha gender statistikani aks ettiruvchi yangi ma’lumotlar platformasi taqdim etildi. Bundan tashqari ayollar uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mikrokreditbank WE-Finance Code tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, uning rasmiy a’zosi ekanligi ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga sodiqligini namoyon etadi. Jumaladan, hisobot davri davomida Mikrokreditbank tomonidan, xotin qizlar uchun “Istiqbolli ayol” mikroqarzi tashkil etildi.
WE-Finance Code — 2023-yilda Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan ishga tushirilgan global tashabbus bo‘lib, uning maqsadi ayol tadbirkorlarning moliyaviy resurslar imkoniyatlarini kengaytirish va biznes rivoji uchun teng sharoit yaratishdir. Bugungi kunda mazkur tashabbus dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida amalga oshirilmoqda.
Bank Axborot xizmati


















