
"Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank karta egalari uchun “Mikrokreditbank 20 yoshda!” aksiyasini o’tkazmoqda.
Aksiya 2 bosqichda amalga oshiriladi.
I-bosqich: 2026-yil 15-yanvardan 1-maygacha
II-bosqich: 2026-yil 15-maydan 31-avgustgacha
Aksiyada 18 yosh va undan yuqori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Aksiyada Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlarining ishtirok etishlari taqiqlanadi.
Bank tomonidan aksiyani amalga oshirish davrida yoki undan oldin emissiya qilingan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasiga ega bo‘lgan va ushbu bank kartasi orqali aksiya davri davomida har oy eng kamida:
- Mastercard Standart karta egalari uchun bir oyda kamida 25 (yigirma besh) AQSH dollari yoki so‘mda 300 000 (uch yuz ming) so‘mdan ortiq;
- Mastercard World Black Edition karta egalari uchun bir oyda kamida 25 (yigirma besh) AQSH dollari yoki 300 000 (uch yuz ming) so‘mdan ortiq;
- Mastercard World Elite karta egalari uchun bir oyda kamida 25 (yigirma besh) AQSH dollari yoki 300 000 (uch yuz ming) so‘mdan ortiq va undan ko‘p qiymatda tranzaksiyalarni amalga oshirgan shaxslar avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Kartadan onlayn va oflayn to‘lov qilish kabi tranzaksiyalar aksiyada ishtirok etadi.
Har bir amalga oshirilgan tranzaksiya bir imkoniyat sifatida qaraladi va yutish imkoniyatini oshirib boradi. Aksiya davrida yutuq chiqqan kartalar aktiv holatda bo‘lishi shart.
Aksiyada ishtirok etish uchun to‘lov tranzaksiyalari faqat savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari (oflayn) hamda internet saytlari orqali (onlayn) amalga oshirilgan bo‘lishi lozim.
Aksiyada bankomatdan yechilgan naqd pul hamda ishtirokchining MKBANK kartalari o’rtasida o’zaro xalqaro pul o‘tkazmalari (P2P) ishtirok etmaydi. Boshqa bank kartalariga o’tkazmalar mustasno.
|
I-bosqich |
10 dona Samsung S26 Ultra (256GB) smartfoni; 10 dona iPhone 17 Pro Max (256GB) smartfoni; 1 dona 2 kishilik xalqaro sayohat chiptasi (UEFA ChL finaliga yo’llanma) Super yutuq: 1 dona BYD Yuan Up avtomobili; |
|
II-bosqich
|
10 dona Samsung S26 Ultra (256GB) smartfoni; |
Yutuq egasi ma’lum bir yutuqni boshqa bir yutuqqa almashtirishni yoki uni pul ko‘rinishida berishni talab qilish huquqiga ega emas.
2 kishilik xalqaro sayohat chiptasi (UEFA ChL finaliga yo’llanma) hamda 2 kishilik Formula-1 (Azerbayjon GP) sayohat yo‘llanmalari bundan mustasno.
G‘oliblar har bir bosqich yakunlangandan so‘ng 10 kun muddat ichida ushbu komissiya a’zolari tomonidan maxsus dastur yoki shu kabi boshqa dasturlar yordamida tasodifiy (random.org) tanlash orqali aniqlanadi va tasdiqlanadi.
Bank aksiyani o‘tkazish tartibiga bir tomonlama qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, yutuqlar tarkibini kengaytirish yoki ularni o‘zgartirish huquqiga ega.
Bunda ular kuchga kiritilishidan 3 (uch) ish kuni oldin bu haqdagi tegishli axborot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Aksiya g‘oliblarining nomi va surati Bankning rasmiy veb-sayti – www.mkbank.uz hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.
Sovrinlarni topshirish sanasi va vaqti aksiya tashkilotchilari tomonidan belgilanadi.
- Aksiya bo‘yicha yutuqlar Bosh bank binosida (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur Shox ko‘chasi 4-uy) ma’sul shaxslar tomonidan topshiriladi.
- Yutuqni qabul qilib olishda, yutuq egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini) va yutuqli o’yinda tranzaksiya amalga oshirgan MKBANK-Mastercard kartasini taqdim etadi.
- Yutuq egasi bilan 30 kun davomida bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yutuq Bank tasarrufiga o‘tkaziladi va yutuq bekor qilinadi. Bank tomonidan qayta aksiya elon qilinishi mumkin.
Tashkilotchilar sayohat yo‘llanmasi sovrindorlariga chet el elchixonalari tomonidan vizaning ma’qullanishi yoki ma’qullanmasligi holatlari bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotni Bankning Call markaziga (1285) murojaat qilgan holda ham olish mumkin.
Bank Axborot xizmati


















