Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Yil sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

...
Yangilash: ...
Image
Yil sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yilning 29-dekabr kuni Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan va 2026 yil rejalari bo‘yicha navbatdagi Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Boshqaruv raisi o‘rinbosari S.Melibayev, tegishli departament rahbarlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, Mikrokreditbank yurtimizda kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik hamda kasanachilikni qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish borasida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

5.jpg

Xususan, tadbir avvalida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlarga qisqacha to‘xtatilib o‘tildi. Bankning 95 ta hududiy bo‘linmalariga biriktirilgan 1 062 ta mahallada faoliyat olib borish uchun 323 ta “Mahalla bankiri”ga koʼmalashish uchun, 1 062 nafar yordamchi agentlar shartnoma asosida ishlab kelmoqda.

Bugungi kunga qadar 9,8 trln soʼm, shundan, kichik va oʼrta biznesga 7,6 trln soʼm va dasturlar doirasida 4 trln soʼm kreditlar ajratildi. Shundan, PQ 312-sonli qaror doirasida 812,7 mlrd so‘m; “Biznesga birinchi qadam” 455,7 mlrd soʼm, Oilaviy tadbirkorlik dasturi 1,6 trln soʼm; “Mening mahallam” dasturi 1,1 trln so‘m. kreditlar ajratildi. Joriy yilda 356 612 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan, 135 306 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 221 306 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi, - deydi Nodir Shodmonov mahhalabay ishlash va hududiy loyihalarni boshqarish departamenti direktor o’rinbosari

Joriy yilda 47 561 ta mikroloyihaga 899,3 mlrd so‘m kredit ajratilishi natijasida 97 453 ta ish oʼrni yaratildi.

Shuningdek, kam daromadli 11 136 ta xonadonlarga 318 mlrd so‘mlik loyiha paketlari yetkazib berilib, 16 704 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Bankning 181 ta hududiy bo‘linma rahbar va o‘rinbosarlari tomonidan 412 ta oilani daromadi yaxshilanib, ijtimoiy reestrdan chiqarildi. Bunda,

- doimiy ishga 137 nafar aholi joylashtirildi;

- tadbirkorlikka 84 nafar jalb etildli;

-kredit ajratildi 2 nafariga 229 mln soʼm;

- kasb-hunarga 4 nafari o‘qitildi;

- boshqa (ijtimoiy, tibbiy xizmat va taʼlim va toʼgʼarak) 185 nafariga koʼrildi.

6.jpg

Barcha manbalar hisobidan 11 trln. so‘mlik kreditlar ajratiladi. Shundan, Kichik va o‘rta biznesga 7,3 trln. so‘m, shundan, dasturlar doirasida 4,3 tlrn. so‘m kredit ajratilib, 140 minga yaqin loyiha amalga oshiriladi. Jumladan,

- PQ-312 sonli qaror doirasida 4 760 taga 670 mlrd. soʼm;

- “Biznesga birinchi qadam” doirasida 14 656 taga 473 mlrd. soʼm;

- Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 80 097 taga 1,6 trln. soʼm;

- “Mahalla loyihasi” doirasida 30 021 taga 1,3 trln. soʼm.

3.jpg

Mahallalarni ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda biriktirilgan 1 062 ta MFYdagi 50 mingdan ortiq mikroloyihalarga 2,7 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi.

- “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 159 ta konturdagi 5 207 ta dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan 1 747 gektar yer maydonida namunali loyihalar amalga oshiriladi.

Tashqi manbalar hisobidan jami 295 mln. dollar mablag‘lar jalb qilingan holda 120 mln. dollar investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, 175 mln. dollar kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Matbuot anjumani oxirida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga bank tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy loyihalar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Jumladan, bank tomonidan amalga oshirilayotgan “Chigʻanoq” innovatsion loyihasi alohida e’tirof etildi.

Soʻnggi yillarda yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bu yoʻnalishdagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ana shunday xayrli ishlar doirasida “Mikrokreditbank” ATB va “Ijod NASHR” nashriyoti hamkorligida “Chigʻanoq” loyihasi amalga oshirilmoqda.

2.jpg

Loyihaning ilk nashri – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va yozuvchi Faxriddin Hayitning “Osmon yerga yaqin” kitobi boʻldi. “Chigʻanoq”ning ikkinchi nashri ham oʻz kitobxonlarini uzoq kuttirmadi. Mansur Jumayevning “Hazrati ishq”, Fozil Farxodning “Avtoportet” kabi sheʼriy kitoblari ketma-ket nashrdan chiqa boshladi.

Bugun kitobning 5 ta soni bank moliyaviy koʻmagida nashrdan chiqqan bo‘lib, 4-kitob Nodirabegim Ibrohimovaning “Oysiz tunlar”, 5-kitob Bibi Robiya Saidovaning “Oqmaydigan tosh” kitoblaridir. 2026-yilda ham loyiha doirasida jami 10 nafar ijodkorning kitoblari nashrdan chiqarilishi rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati




Yana ko‘ring

16 Yanvar 2026

Bank rahbariyati Buxoro viloyatida aholi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Mikrokreditbank rahbariyati ishtirokidagi bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom ettmoqda

16 Yanvar 2026

Biznesingizni “Kelajakka Qadam” bilan rivojlantiring!

Bugungi har bir qadam ertangi muvaffaqiyatingizni belgilaydi
15 Yanvar 2026

Yil Aksiyasi: Sovg’alar sizni kutmoqda!

Yangi iPhone, Samsung flagmani yoki hatto BYD avtomobili —  sizniki bo‘lishi mumkin!
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X