Foydalanishga topshirilgan (kadastri mavjud), turar-joyni (birlamchi va ikkilamchi uy bozoridan) xarid qilish va turar-joyni taʼmirlash xarajatlarini to‘lash.
Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari (Turar-joy sotib olish uchun)
| № | Kredit nomi | Muddati | Dastlabki to‘lov | Yillik foiz stavkasi |
| 1 | “Baxtli makon” krediti | 120 oy | 26% dan boshlab | 21,55% |
| 121 oydan 180 oygacha | 26% dan boshlab | 22,55% | ||
| 121 oydan 180 oygacha | 40% dan boshlab | 21,55% |
Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lmagan o‘z-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari (Turar-joy sotib olish uchun)
| № | Kredit nomi | Muddati | Dastlabki to‘lov | Yillik foiz stavkasi |
| 1 | “Baxtli makon” krediti | 120 oy | 35% dan boshlab | 21,55% |
| 121 oydan 180 oygacha | 35% dan boshlab | 22,55% |
Ta’mirlash uchun foiz stavkalari
| № | Kredit nomi | Muddati | Dastlabki to‘lov | Yillik foiz stavkasi |
| 1 | “Baxtli makon” krediti | 120 oygacha | Talab etilmaydi | 24% |
1) Uy-joy xarid qilish uchun talab qilinadigan hujjatlar:
a) ID karta yoki pasport va pasport oʻrnini bosuvchi hujjat koʻrsatiladi va nusxa olinadi (Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi);
b) Daromadlari toʻgʻrisidagi hujjatlar (daromadga ega boʻlmagan shaxslar bundan mustasno) (agar elektron maʼlumotlar bazasidan olish imkoni mavjud boʻlsa, ushbu maʼlumotlar talab qilinmaydi);
d) Xarid qilinadigan uy-joy qiymati boʻyicha dastlabki oldi-sotdi shartnoma;
e) Ipoteka obyekti bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
f) Kredit hisobiga xarid qilinayotgan turar-joyning kadastr hujjatlari;
g) qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
2) Taʼmirlash uchun talab qilinadigan hujjatlar:
a) ID karta yoki pasport va pasport oʻrnini bosuvchi hujjat. (Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, ID karta yoki pasport nusxasi ham talab etiladi);
b) Daromadlari toʻgʻrisidagi hujjatlar (doimiy rasmiy daromadga ega boʻlmagan oʻzini oʻzi band qilgan qarz oluvchilar bundan mustasno)/(agar elektron maʼlumotlar bazasidan olish imkoni mavjud boʻlsa, ushbu maʼlumotlar talab qilinmaydi);
d) taʼmirlanadigan yakka tartibdagi uy-joyga boʻlgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
e) pudrat tashkiloti bilan uy-joy taʼmirlash ishlarini bajarish / qurilish mahsulotlari xarid qilish / yollanma ishchilar bilan tuzilgan shartnoma (loyiha-xarajatlari aks ettirilgan hujjatlarida koʻrsatilgan qiymatdan oshmagan miqdorda);
f) qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
| T/r | Kreditlashning asosiy shartlari | |
| 1 | Kredit maqsadi: |
1. Foydalanishga topshirilgan (kadastri mavjud), turar-joyni (birlamchi va ikkilamchi uy bozoridan) xarid qilish; 2. Turar-joyni taʼmirlash xarajatlarini to‘lash. Tarkibiy oʻzgartirishlar (rekonstruksiya) bunga kirmaydi. |
| 2 | Qarz oluvchi: | Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi |
| 3 | Qarz oluvchi/ birgalikda qarz oluvchiga talablar: |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. Bunda, qarz oluvchi doimiy rasmiy daromadga ega boʻlgan yoki doimiy rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxs boʻlishi mumkin. |
| 4 | Kreditning eng koʻp miqdori: |
Turar-joyni xarid qilish uchun: Toshkent shahri uchun: 800 million soʻmgacha. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar uchun 500 million soʻmgacha. Turar-joy taʼmiri uchun 170 million soʻmgacha miqdorda. |
| 5 | Boshlangʻich badalning eng kam miqdori: |
Boshlang‘ich badal faqat qarz oluvchining “Mikrokreditbank” ATB da ochilgan hisobvarag‘ida shakllantiriladi. Turar-joyni xarid qilish uchun: Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun uy-joy narxining kamida 26%. Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lmagan o‘zi-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar uchun uy-joy narxining kamida 35%. Taʼmirlash uchun talab qilinmaydi. |
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!