Endi FIFA-2026 omonatini milliy valyutada ham ochishingiz mumkin, 1 million so‘mdan boshlab sarmoya kiriting. So'ng kafolatlangan foydani qabul qilib oling.
Pul siz uchun ishlasin!
Har oy barqaror passiv daromad oling — oddiy va ishonchli.


O‘zbekiston banklaridagi aholi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi bank tizimining barqarorligini ta’minlaydi va omonatlarning qaytarilishi kafolatidir.

Agar omonat shartnomasi tuzilgandan so‘ng:
|
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Shartlar |
|
1 |
Omonat turi |
Muddatli |
|
2 |
Valyutasi |
Milliy valyuta so’m |
|
3 |
Muddati |
36 oygacha |
|
4 |
Yillik foiz stavkasi |
Yillik 19% ("MAVRID" ilovasidan joylashtirilganda – yillik 20%) |
|
5 |
Eng kam miqdori |
1 mln. so‘m |
|
6 |
Eng yuqori miqdori |
Chegaralanmagan |
|
7 |
Kapitalizatsiya |
Mavjud emas |
|
8 |
Qo‘shimcha to‘lovlar |
Qabul qilinadi |
|
9 |
Omonat joylashtirish shakli |
Naqd pul va plastik kartalar hamda bank mobil ilovasi orqali |
|
10 |
Qisman qaytarib olish |
Omonat joylashtirilgan sanadan boshlab 2 oydan keyin ruxsat etiladi. Bunda, omonat boְyicha kamida 1 mln. so‘m qoldiq hisobvaraqda saqlanib qolishi shart. |
|
11 |
Qo‘shimcha shartlari |
Omonatning foizini har oyda olish mumkin.
Agar omonat shartnomasi tuzilgandan so‘ng:
- 2 oy ichida omonat to‘liq qaytarib olinsa foiz to‘lab berilmaydi va avval to‘langan foizlar omonat summasidan chegirib qolinadi;
- 2 oydan 36 oygacha muddat ichida omonat to‘liq yoki qisman qaytarib olinsa - yillik 19% (Mavrid ilovasidan- yillik 20%) dan to‘lab beriladi
|
Omonat bo'yicha foiz ko'rinishidagi daromad omonatning turi va shartlariga qarab to'lanadi. Agar omonat shartnomasi shartlarida omonat bo'yicha foizlarni oldindan olish imkoniyati nazarda tutilgan bo'lsa, omonat foizlarini oldindan olish mumkin, aks holda foizlar shartnoma bo'yicha belgilangan tartibda to'lanadi.
Manba: Finlit.uz
Agar Siz omonat mablag'laringizni muddatdan oldin yechib olsangiz, har doim ham omonatingiz bo'yicha hisoblab kelingan foydani saqlab qololmaysiz. Chunki barcha omonat turlari ham bunday shartlarni nazarda tutmaydi. Ushbu imkoniyatni taklif etuvchi omonatlar odatda past foizda bo'ladi. Bundan tashqari, agar shartnomada boshqa shart ko'zda tutilmagan bo'lsa, mablag'larni muddatdan oldin yechib olsangiz to'lmagan oy uchun hisoblangan foizlar kuyadi.
Manba: Finlit.uz
Onlayn shaklida ochilgan omonatlarga bankning mobil ilovasi yordamida istalgan vaqtda qo'shimicha mablag' kiritilishi mumkin. Agar omonat bankka borib ochilgan va shartnoma shartlariga ko'ra uni to'ldirish imkoniyati mavjud bo'lsa, u holda Siz bankka kelib qo'shimcha mablag'larni kiritishingiz mumkin bo'ladi. Ba'zi banklar faqat boshlang'ich 3-6-oylar uchun bunday imkoniyatni taqdim etishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Foizlar kapitalizatsiyasi – bu ma'lum muddatda depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasiga qo‘shilishi va keyingi foizlar yangi hosil bo‘lgan summa bo‘yicha hisoblanishi. Boshqacha so‘z bilan – foizlarga ham foiz to‘lanishi.
Manba: Finlit.uz

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!