Mastercard World Elite xalqaro kartalariga ega bo‘lgan eng yuqori talablarga ega mijozlar uchun butun dunyo bo‘ylab istalgan vaqtda cheksiz imkoniyatlar va noyob imtiyozlar taqdim etiladi.
Xarajatlaringiz ko‘p, ammo mablag‘ yetarli emasmi?
Unda muammoni “Qulay overdraft” krediti yordamida hal qiling.

2025-yil 1-iyundan boshlab MAVRID mobil ilovasida P2P-o‘tkazmalar uchun bepul limit 5 million so‘mgacha oshirildi.
Endi yaqinlaringiz va do‘stlaringizga pul o‘tkazish yanada tezroq va qulayroq bo‘ldi.

Endilikda karta foydalanuvchilari MAVRID mobil ilovasi yordamida kartani masofadan turib bloklash va blokdan chiqarish imkoniyatiga ega.

Mastercard World Elite – eng talabchan mijozlar uchun noyob imtiyozlar! To‘liq ma’lumot uchun: Mastercard World Elite imtiyozlari
To‘liq ma’lumot uchun: Mastercard World Elite imtiyozlari
Kerekli hujjatlar: ID-karta yoki pasport.
To‘liq ma’lumot uchun: Mastercard World Elite imtiyozlari
CVV-kod bank kartasining orqa tomonida ko‘rsatilgan uch xonali raqam (kod)dir. Qoidaga ko‘ra, kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan 7 ta raqamning ohirgi 3 ta raqamidir. Shuni ta'kidlash kerakki, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida CVV-kodni uchinchi shaxslarga ma'lum qilmaslik tavsiya etiladi, chunki bu ma'lumotlar sizning kartangizni internet orqali boshqarish imkonini beradi.
Manba: Finlit.uz
Bu kabi holatlarda bank kartasini blokirovka qilish kerak. Buning uchun bank-emitent yoki to‘lov tizimi operatori call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish lozim. Shuningdek, bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi yoki to‘lov tizimi operatori rasmiy sayti orqali bank kartasini blokirovka qilish imkoniyati mavjud.
Manba: Finlit.uz
Ayrim milliy to‘lov tizimlarida to‘lovni savdo terminali orqali bekor qilish imkoniyati mavjud.Shuni ta'kidlash joizki, pul mablag‘larini qaytarish amaliyoti merchant va ekvayer o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Manba: Finlit.uz
Qonunga ko‘ra, banklar komissiya to‘lovlarini belgilashda mustaqildirlar. Shuni ta'kidlash kerakki, pul mablag‘larini naqdlashtirishdan tushgan tushumlarning ma'lum qismi bankomatlarni sotib olish va saqlash, shuningdek, joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi bankda bank kartasidagi pul mablag‘larini komissiya to‘lovlarisiz naqdlashtirish imkoniyati mavjud.
Manba: Finlit.uz
Kartangiz ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz bilan boriladi hamda 5 daqiqa ichida kartangizni blokdan yechib beriladi.
Shuningdek, Uzcard plastik kartangizni parolini 3 marotaba noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsangiz, bankning mobil ilovasi orqali noto‘g‘ri terilgan parolni mobil ilova orqali bo‘shatish imkoniyati mavjud. Buning uchun bankning mobil ilovasini yuklab olishingiz lozim bo‘ladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!