"Mikrokreditbank" ATB korporativ boshqaruv tizimi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Korporativ boshqaruv kodeksi, Markaziy bank meʼyoriy-huquqiy hujjatlari va jahon tajribasidan foydalanish tamoyillari asosida tuzilgan. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bank boshqaruvining Oliy organi hisoblanadi va bank faoliyatining eng asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.