Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

|
Kredit ajratishning asosiy shartlari |
|||
|
Kredit oluvchilar |
O‘rta va korporativ biznes subyektlari: |
||
|
Kredit maqsadi |
Maqsadsiz |
||
|
Kredit valyutasi |
Milliy valyutada (soʻm), xorijiy valyutada (AQSH dollarida) |
||
|
Kredit muddati |
36 oygacha |
||
|
Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat |
3 oygacha |
||
|
Kredit ajratish shakli |
Asosiy hisobraqamga pul o‘tkazish yo‘li orqali, ssuda hisobraqamidan 2 mlrd so‘m ekvivalentgacha naqd ko‘rinishida beriladi |
||
|
Yillik foiz miqdori |
Kredit muddati |
Milliy valyutada |
Horijiy valyutada |
|
o‘zgaruvchan foiz stavkada |
|||
|
Yillik aylanmasi 5 mlrd.soʻmdan 20 mlrd.soʻmgacha |
KM≤ 12 oy |
MB+11,8% |
SOFR+8,64% |
|
12 oy <KM≤ 24 oy |
MB+13,3% |
SOFR+9,64% |
|
|
24 oy <KM≤ 36 oy |
MB+14,8% |
SOFR+10,64% |
|
|
Yillik aylanmasi 20 mlrd.soʻmdan 50 mlrd.soʻmgacha |
KM≤ 12 oy |
MB+10,8% |
SOFR+7,64% |
|
12 oy <KM≤ 24 oy |
MB+12,3% |
SOFR+8,64% |
|
|
24 oy <KM≤ 36 oy |
MB+13,8% |
SOFR+9,64% |
|
|
Yillik aylanmasi 50 mlrd.soʻmdan yuqori |
KM≤ 12 oy |
MB+9,8% |
SOFR+6,64% |
|
12 oy <KM≤ 24 oy |
MB+10,3% |
SOFR+7,64% |
|
|
24 oy <KM≤ 36 oy |
MB+10,8% |
SOFR+8,64% |
|
|
Taqdim etiladigan hujjatlar |
kredit buyurtma; |
||
|
faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha talab etiladigan hollarda litsenziya yoki tegishli tashkilotlar xulosasi nusxasi; |
|||
|
agar qarz oluvchi yoki garovga quyuvchi yuridik shaxs bo‘lsa mulkdorlarining kredit olishga va garovga taqdim etishga roziligini tasdiqlovchi hujjatlar asl nusxasi; |
|||
|
faoliyatni amalga oshirish va ofis bino-inshootidan foydalanish huquqni beruvchi hujjatlari nusxasi; |
|||
|
kredit ta’minoti hujjatlari; Kredit ajratishni o‘rganish davomida qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. |
|||
|
Asosiy qarz va foiz to‘lash tartibi |
Annuitet yoki differensial |
||
|
Kredit ta’minoti |
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan likvidli mol-mulk (sug‘urta polisi, 3 shaxs kafilligi garov yohud boshqa turdagi kafilliklar garov sifatida qabul qilinmaydi). |
||
|
Qarz oluvchining to‘lov qobiliyati |
Ijobiy skoring natijalari asosida kredit ajratish |
||
|
Kreditlash riskining yuqori miqdori |
10 000,0 mln. so‘m ekvivalentigacha |
||
|
Boshqa shartlar |
so‘nggi 12 oy ichida mijozning asosiy faoliyatiga doir Tovar va xizmatlardan tushgan tushumlar aylanmasi 5 000 mln. so‘mdan kam bo‘lmasligi; |
||
|
Oxirgi bir yil davomida korxona ta’sischilari o‘zgarmagan bo‘lishi; |
|||
|
ijobiy kredit tarixiga ega boʻlishi (oxirgi 3 yilda 90 kundan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari soni 2 tadan koʻp boʻlmasligi); |
|||
|
Kreditlash bilan bog‘liq boshqa shartlar bank kredit siyosati hamda reglamentga asosan amalga oshiriladi. |
|||
* MB – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalshtirish stavkasi;
** Ushbu kredit mahsuloti Hududiy boshqarma limiti doirasida ko‘rib chiqiladi.
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!