Vazifalari:
• Korrupsiyaga qarshi kurashish nazorati boʻyicha departament faoliyatini boshqarish;
• Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida siyosat va ichki hujjatlarni ishlab chiqish, joriy etish hamda ijrosini nazorat qilish;
• Korrupsiyaviy xatarlarni baholash va kamaytirish choralarini koʻrish, yuqori xatar darajasiga ega lavozimlar roʻyxatini shakllantirish;
• Davlatning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilish;
• Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik qilish;
• Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Bank Kuzatuv kengashiga hisobotlar tayyorlash va taqdim etish;
• Xodimlar uchun oʻquv dasturlar, treninglar va tadbirlarni tashkil etish hamda nazorat qilish;
• Korrupsiyaga qarshi tizimni ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiq holda taʼminlash;
• Korrupsiya holatlari boʻyicha shikoyat va murojaatlarni koʻrib chiqishni nazorat qilish, maxsus aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash;
• Tekshiruvlar natijalarini tahlil qilish hamda korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
• Oliy yuridik yoki iqtisodiy maʼlumot;
• Bank sohasi, davlat organlari yoki komplayens-nazorat yoʻnalishidagi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik ish tajribasi;
• Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni bilish;
• Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, jumladan, ISO 37001:2016 toʻgʻrisida bilimga ega boʻlish;
• Korrupsiyaviy xatarlarni baholash, tahlil qilish va kamaytirish rejalarini ishlab chiqishda tajribaga ega boʻlish;
• Davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali muloqot qilish koʻnikmalari;
• Rivojlangan rahbarlik, tahlil va muloqot olib borish qobiliyatlari;
• Oliy darajadagi shaxsiy masʼuliyat, begʻarazlik va korrupsiyaviy xatarlarga nisbatan immunitetga ega boʻlish.

Biz taklif etamiz:
• Oʻzbekiston Respublikasining eng yirik banklaridan biriga ishga joylashish imkoniyati;
• Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy mehnat munosabatlari va ijtimoiy kafolatlar;
• Raqobatbardosh maosh va KPI natijalari asosida mukofotlash tizimi;
• Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish uchun imkoniyatlar;
• Korporativ boshqaruv va biznes shaffofligini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyihalarda ishtirok etish.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 18-sentabrga qadar @HR_MKBank manziliga rezyumelarni  yuborishingiz soʻraladi.