Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Bogʻot tumani – ayollar bandligini taʼminlash boʻyicha namunaviy hududga aylanmoqda

...
Yangilash: ...
Image
Bogʻot tumani – ayollar bandligini taʼminlash boʻyicha namunaviy hududga aylanmoqda

Joriy yilning 1–2-may kunlari davlatimiz rahbari Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida Bogʻot tumanini ayollar ishsizligidan holi tumanga aylantirish, bu borada mahallabay yondashuvni joriy etish va samarali tajribalarni ommalashtirish boʻyicha muhim topshiriqlar bergan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova Bogʻot tumaniga tashrif buyurib, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishdi.

2 (128).png

Ayollar uchun konteyner doʻkonlar – yangi imkoniyatlar maskani

“Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan tumanda zamonaviy konteyner doʻkonlar tashkil etildi. Ularda kitob doʻkoni, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar kiyim-kechaklari, tikuvchilik ustaxonalari, goʻzallik salonlari va boshqa turdagi savdo nuqtalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur konteynerlarda faoliyatini yoʻlga qoʻygan jami 11 nafar xotin-qizga 350 million soʻm miqdorida kredit ajratilgan. Shaxlo Ibragimova ularning faoliyati bilan yaqindan tanishib, muammo va takliflarini oʻrgandi. 

5 (111).png

Aytish joizki, 2025-yilning may oyi holatida Bogʻot tumanidagi xotin-qizlarga davlat dasturlari doirasida ajratilgan kreditlarning umumiy miqdori 111 milliard soʻmni tashkil etmoqda. Bu orqali yaratilgan ishchi oʻrinlari soni esa 50 nafarni tashkil etadi. 

“Bir kontur – bir mahsulot” loyihasi: ishsizlikka qarshi samarali yechim

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan Toʻpchi mahallasida yana bir muhim tashabbus — “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ijaraga yer maydonlari ajratilib, eksportbop va yuqori daromadli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish loyihasi yoʻlga qoʻyildi

10 gektarlik yer maydoni mahallaning 65 nafar fuqarosiga har biriga 15 sotixdan ijara asosida ajratilgan boʻlib, bunda birinchi ekinda tarvuz mahsuloti yetishtirilmoqda. Bu orqali 7,5 tonna mahsulot olish rejalashtirilgan. Keyingi takroriy ekin sifatida sabzi ekilib, undan 4,5 tonna mahsulot olinishi koʻzda tutilgan.

1 (131).png

Ahamiyatlisi, loyiha natijasida 65 nafar ishsiz fuqaro daromad manbai bilan taʼminlanadi. Hisob-kitoblarga koʻra, tarvuzdan 812 million soʻm, sabzidan esa 507 million soʻm sof foyda olinishi kutilmoqda.

3 (129).png

Ayollarni ish bilan taʼminlash — bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. “Mikrokreditbank” ATBning Bogʻot tumanida amalga oshirayotgan ishlari esa bu sohada amaliy natijalarga erishish mumkinligini yaqqol namoyon etmoqda.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

5 Dekabr 2025

MKBANK: Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!

Tadbirda xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish muhim ekanligi ta’kidlandi. 

4 Dekabr 2025

Bayramda ish tartibimiz!

Dam olish kunlarida "MAVRID" ilovasidan 24/7 rejimda masofadan turib foydalanishingiz va barcha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin!

2 Dekabr 2025

MKBANK PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X