
#Ilm_fanda_xotin_qizlar
MKBANKda 16-fevral kuni “Ilmli ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab haftalik doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Toshkent davlat texnika universiteti “Sanoat iqtisodiyeti va menejmenti” kafedrasi professori, universitetning “Olima” uyushmasi raisi, Markaziy bank ambassadori, 2025-yilda oʻtkazilgan “Yil ayoli” milliy koʻrik-tanlovining “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi gʻolibi Muxitdinova Kamola Alisherovna va bankning faol ayol-qizlari ishirok ishtirok etdi.

Kamola Alisherovna o‘z ma’ruzasida jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga yo‘naltirish, g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida ilm–fan va ta’lim yo‘nalishlarida samarali mehnat qilib kelayotgan olima ayollarning soni sezilarli darajada oshganligini aytib o‘tdi.

Ayniqsa, bilimli, tashabbuskor va iqtisodiy faol ayollar oila farovonligi, tadbirkorlik rivoji va jamiyat barqarorligiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgani, shu bois, ayollarning taʼlim olishi, kasbiy va ilmiy rivojlanishiga sharoit yaratish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.


Davra suhbatida shuningdek, oila farovonligi va jamiyat rivojida ayollarning o‘rni va ishtiroki muhokama qilindi.
Ayollarning ilm-fandagi ishtiroki — taraqqiyot garovidir.
Bank Axborot xizmati


















